• Tanda iplarining uzilishi
  • Arqoq ipining uzilishi
  • Chiqindilar va ularni kamaytirish
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet86/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

    Nazorat savollari



    1. Dastgohdan texnik foydalanish qoidalari nimalardan iborat?

    2. Buzilishning oldini olish maqsadida ta’mirlash korxonada qanday tashkil etiladi?

    3. Nuqsonlar ro‘yxati kim tomonidan, qanday tuziladi?

    4. Joriy ta’mirlash qanday tashkil etiladi?

    5. Oldindan va joriy ta’mirlash bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

    6. Oldindan va joriy ta’mirlash kim tomonidan, qanday nazorat qilinadi?

    7. Dastgohni moylash va cho‘tkalab tozalash qanday bajariladi?

    8. Dastgoh ehtiyot qismlar va yordamchi materiallar bilan qanday ta’minlanadi?

    13-BOB

    TANDA VA ARQOQ IPLARINING UZILISHI, CHIQINDILAR

    Tanda va arqoq iplari qancha kam uzilsa, ish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tanda iplaridan birortasi yoki arqoq ipi uzilsa, dastgoh avtomatik ravishda to‘xtaydi, to‘quvchi uzilgan ipni ulab, dastgohni ishga tushiradi. Tanda va arqoq kuzatuvchi mexanizmlar ip uzilganda dastgohni to‘xtatmasa, to'qimada nuqsonlar paydo bo‘ladi.


      1. Tanda iplarining uzilishi

    To‘quv dastgohida tanda iplari quyidagi sabablarga ko‘ra uziladi:

      • xomashyo sifatsiz (iplarda bo‘sh, ingichka va yo‘g‘on joylaming boiishi);

      • tayyorlov boiimida tandaning sifatsiz tayyorlanishi;

      • to ‘quv b o iim id a dastgoh ayrim m exanizm larining noto‘g‘ri ishlashi (tanda taranglovchi va uzatuvchi mexanizm­ ning iplar tarangligini haddan tashqari oshirib yoki kamaytirib yuborishi; homuza hosil qiluvchi mexanizmining notekis homuza hosil qilishi; shodalardagi iplar tarangligining har xilligi);

      • to‘quv boiimida havo harorati va namlikning belgilangandan farq qilishi va h.k.

    Yuqori malakali to‘quvchilar ishlayotgan dastgohlarda tanda iplarining uzilishi ancha kam boiadi. Bunga sabab malakali to‘quvchilar dastgohda ishlatadigan moki, mitti moki, rapiralar­ ning sirti tekis boiishiga, lamel, shoda va tig‘ holatiga, tanda iplarining chalkashmasligiga e’tibor berishadi.
    Iplaming uzilishiga dastgohning umumiy texnik holati ham ta’sir etadi, bu esa usta yordamchisining malakasiga bog‘- liq. To‘quvchi biror dastgohda iplaming uzilishi odatdagidan oshib ketganini sezsa, tezda usta yordamchisini chaqirishi lozim.
    To‘quv korxonalarida uzilishni hisobga olishda har xil usullardan foydalaniladi: to‘quvchi maxsus kartalarda har bir uzuqni belgilaydi; dastgohda o‘rnatilgan har bir uzilishda bir joydan boshqa joyga o‘tkazib qo‘yadi; rangli bogichlar bogianadi va h.k.

    Mokisiz to'quv dastgohlarida tanda iplarining uzilishi mokili dastgohlardagiga qaraganda kam boiadi, bunga arqoqtash- lagichlar, rapira va boshqalar yordamida homuzaga arqoq tashlashda ularning tanda iplariga tegmasligi, homuza baland- ligining kichik boiishi sabab boiadi. STB va ATPR dastgohlarida tig‘ning harakat yoii ham ancha qisqa, demak, tig‘ bilan tanda iplari orasidagi ishqalanish ham kam, natijada iplar kam titilib, uzilish ham kam boiadi.
      1. Arqoq ipining uzilishi

    Arqoq ipining uzilishi ham, awalo, to‘quv dastgohiga kelti­ rilgan ipning sifatiga, naycha va bobinalarning to‘g‘ri o‘ralishi, moki va boshqa arqoqtashlagichlaming to'g'ri ishlashi va bosh- qalarga bogiiq.
    Odatda, arqoq ipining uzilishi naycha va bobinalarning oxirgi qatlamlarida ko‘proq sodir boiadi. Mokining texnik holati unda o‘rnatilgan yo'naltiruvchi, taranglovchi va boshqa mexanizm- larning to ‘g‘ri ishlashi arqoq ipini uzilishiga ancha ta’sir etadi. Mokining noto‘g‘ri harakatlanishi ipni moki qutisi ichida uzi­ lishiga sabab boiadi. Bu hoi boimasligi uchun dastgoh zarb mexanizmini sozlash paytida mokining oldingi devorchasidagi ariqcha moki qutisi oldingi devoridagi ariqcha bilan bir chiziqqa keltirilishi kerak.
    Arqoq ipining ko‘p uzilishiga arqoq nazoratchisi noto‘g‘ri ishlashi ham sabab boiishi mumkin. Bu holda to‘quvchi usta yordamchisini chaqirib, mexanizmni sozlatishi zarur.
    To‘quv jarayonida yana turli sabablarga ko'ra arqoq ipi uzilishi mumkin. Bu sabablarni tez aniqlab, uzuqni bartaraf etish uchun to‘quvchi va usta yordamchisi malakali boiishi, ular dastgohda arqoqni harakatga keltiruvchi mexanizmlarning tuzilishi va ishlashini yaxshi bilishlari kerak.
    Mokisiz to‘quv dastgohlarida arqoqtashlagich mexanizmlari takomillashtirilganligi uchun ip kamroq uzilsa ham uning ish unumdorligiga ta’siri katta boiadi, chunki bu dastgohlarda arqoq ipi uzilsa, dastgoh to'xtaydi va to'quvchi bu uzuqni bartaraf etganidan keyingina dastgohni ishga tushiradi.
    STB, ATPR dastgohlarida, ayniqsa, arqoq o'ralgan bobinani to'g'ri o'rnatish arqoq ipi uzilishini kamaytiradi.
      1. Chiqindilar va ularni kamaytirish

    To‘quv dastgohlarida to'qima ishlab chiqarish jarayonida tanda va arqoq iplarining bir qismi chiqindilarga, kalta-kulta ip uchlari va mayda tuklarga ajrab chiqadi.
    To‘quvchilikdagi chiqindilar qayta ishlatiladigan va qayta ishlatilmaydigan xillarga bo'linadi. Qayta ishlatiladigan chiqindilar tanda va arqoq bo'yicha bo'lishi mumkin. Tanda chiqindilari dastgohda tanda iplari tugagandan so'ng yangi tanda iplari o'ralgan to'quv g'altagini o'rnatganda, g'altakdagi iplar soni keragidan ortiq bo'lganda va tanda iplar uzug'ini ulaganda hosil bo'lgan uchlardan iborat.
    Arqoq chiqindilari uzuqlami ulashda va o'rama o'zagida qolgan iplardan, shuningdek, to'qimadagi nuqsonlarni yo'qotishda to'qimadan sug'urib tashlangan iplardan iborat.
    Chiqindilarni kamaytirish uchun awalo to'quv g'altagidagi tanda ipining, bobinaga o'ralgan arqoq iplarining uzunligi iloji boricha ko'proq bo'lishi kerak. Chiqindi miqdori to'quvchi- larning malakasiga, dastgoh mexanizmlarining ishchi holatiga, xomashyo sifatiga va shu bilan birga, xomashyoni tashish va saqlashga bog'liq. To'quv korxonalarida smena mobaynida to'quvchi chiqindilarni maxsus quti yoki xaltaga yig'adi, smena oxirida esa usta yordamchisi bu chiqindilarni maxsus omborga topshiradi.


    ? Nazorat savollari




    1. Download 22,48 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.