|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 93/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Y "' = л и о F V K m 2 / s o a t ' < 6 >
Keltirilgan barcha usulda to‘quv dastgohining amaliy unum dorligi bosh valning aylanish soni va FVK ga bog‘liq.
Bosh valning aylanish soni dastgoh turiga, ayniqsa, arqoq tashlash usuli bilan aniqlanadi.
TVquvchining mehnat unumdorligi
Ishchi ma’lum vaqt birligida ishlab chiqargan mahsuloti hajmi uning mehnat unumdorligi deyiladi. To‘quv korxonalarida mehnat unumdorligi deb, bir ishchi vaqt birligida bitta dastgohda to‘qigan to‘qima (metrda) yoki tashlangan arqoqlar miqdoriga aytiladi.
To‘qimani ishlab chiqarishda nafaqat bevosita dastgohda ishlovchi to‘quvchining mehnati, shuningdek, tanda va arqoq iplarini to‘quvchilikka tayyorlashda qatnashgan boshqa kasb egalari mehnati ham sarf bo‘ladi.
Demak, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilar soni va to‘quv dastgohining unumdorligi orasida ma’lum bog‘liqlik mavjud boiib, uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
^mehn = Ya^ ° arqoq/soat, (7) bu yerda, A — 100 ta dastgohga to‘g‘ri keladigan ishchilar soni.
Agar A = 21 bo‘lsa, bizning yuqoridagi misol uchun: I'mehn = 2m^ m = 106480 arqoq/soat.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan to‘qimaning arqoq bo‘yicha
zichligining o‘rta qiymatiga ko‘ra bitta ishchining m/soatdagi ish unumdorligi:
v 106480 Х П л ,
^mehn = 2160 = 49,2m/soat.
Korxonada mehnat unumdorligini muntazam oshirish meh- natkashlar oldida turgan asosiy vazifa bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligi va korxonaning to‘qima sifatini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Nazorat savollari
To‘quv dastgohining ish unumdorligi deb nimaga aytiladi?
To‘quv dastgohlarining nazariy ish unumdorligini qanday o'l- chov birligida ifodalash mumkin?
Ishlab chiqarilayotgan to'qimalarning arqoq bo'yicha zichliklari turlicha bo'lsa, ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
Eni turlicha bo'lgan to'qimalar ishlab chiqarishda dastgohning ish unumdorligi qanday aniqlanishi mumkin?
Nazariy ish unumdorligi bilan amaliy ish unumdorligi orasida qanday farq bor?
To'quv dastgohi ishida foydali vaqt koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
Foydali vaqt koeffitsiyenti nimalarga bog'liq va uni oshirish yo'llari haqida nimalami bilasiz?
To'quvchining mehnat unumdorligi deb nimaga aytiladi?
16-BOB TO‘QUVCHI MEHNATINI TASHKIL QILISH
To‘quv sexida to‘quv dastgohlari bo‘limlarga (komplekt- larga) bo‘linadi. Bu uchastkalarda usta yordamchisi boshchiligida brigada xizmat qiladi. Bu brigada tarkibiga to‘quvchilar, ip uzilishini bartaraf qiluvchi to‘quvchilar va h.k. kiradi.
Yuqori ish unumdorligi va sifatli to ‘qima ishlab chiqarishga erishish uchun usta yordamchisining asosiy vazifasi brigadaning to‘g‘ri ishlashini tashkil qilishdan, shuningdek, uning asosiy vazifasi dastgohlami joriy va profilaktik ta’mirlash hamda ularning yaxshi texnik holatini ta’minlashdan iborat.
To‘quvchining asosiy vazifalari va huquqlari
To‘qimachilik sexida ishlaydigan to‘quvchi quyidagi vazifa larni bajaradi:
to‘quv dastgohida ishni to ‘g‘ri, tez va o‘z vaqtida tashkil etishi; ya’ni uni to‘xtatish, yurgizish, tanda va arqoq ipi uzilish- larini bartaraf etishi;
to‘qimadagi nuqsonlarni bartaraf etishi;
tanda ipi chalkashligini bartaraf etishi;
to‘qimadagi tanda va arqoq ipini tugunchalardan tozalashi;
to‘qima validagi to‘qimani yechib olishi;
yangi to'quv g‘altagini taxtlashi;
dastgohda taxtlangan yangi to‘quv g‘altagini ishga tushirishi;
ishdan chiqqan gulalar va shodalami almashtirishi;
dastgohni tozalashi;
ish kuni mobaynida ishchi o‘mini toza va batartib saqlashi hamda ishni qabul qilib-topshirishi;
to‘quv dastgohlarida ishni to‘g‘ri tashkil qilishi;
to‘quv dastgohi va uskunalaming texnik holatini kuzatishi;
tanda va arqoq iplarida hamda to‘qimadagi nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishi;
ish jarayonida ilg‘or va zamonaviy ish usullarini qo‘llashi;
gigiyenik va yong‘inga qarshi xavfsizlik ichki tartib-qoidala- riga, dastgohlarni ishlatish texnik xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri amal qilishi;
ishlab chiqarish normasini bajarishi va sifatli xom to‘qima ishlab chiqarishi lozim;
dastgohning tuzilishi, uning asosiy mexanizmlarining ishlashini, dastgohning asosiy nosozliklari va ularning kelib chi- qish sabablarini hamda ularning oldini olish va bartaraf etishni;
dastgohning xavfli joylarini to‘sib, texnika xavfsizligi qoida- lariga rioya qilib, yong‘in chiqishining oldini olish tadbirlarini to'g'ri tashkil etishni;
ipning asosiy xususiyatlarini, tanda va arqoq ipining sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularning nuqsonlarini;
to'qimaning tuzilishi, asosiy o‘rilishlar va ip 0 ‘tkazish tur lari, to'qima sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar, undagi asosiy nuqsonlar, ularning oldini olish va bartaraf etishni;
tanda va arqoq ipi uzilishi sabablari, uzilishlarni kamaytirish tadbirlarini tashkil qilishni, chiqindi va uni kamaytirish tadbirlarini tashkil qilishni;
ip yigirish, to‘quvchilik va to'qimani pardozlash jarayoni- ning texnologiyasi, korxonada ishlab chiqarilayotgan to'qima assortimentini;
to'quv dastgohida xizmat qilishni takomillashtirishni;
ilg'or mehnat usullarini qo'llashni;
korxona va sexni boshqarish tizimi va sexda ishni tashkil etish, ishchilarning dastgohlarga xizmat ko'rsatishi to'g'ri taq- simlanganligini;
to'quvchining ishlab chiqarish normasi, dastgohlarning ishlab chiqarish va mehnat unumdorligini va unga ta’sir ko'r- satuvchi omillar, ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga olish va mehnat haqi hisobini;
to'quv dastgohlaridan foydalanish texnik qoidalarini;
ishlab chiqarishdagi sanitariya qoidalarini bilishi shart. To'quvchining huquqlari quyidagilardan iborat:
o'z vaqtida arqoq ipi bilan ta’minlashni va tanda ipini tax- lashni talab qilish;
tanda va arqoq ipi sifatini nazorat qilish, dastgoh ish organlarining texnik holatini nazorat qilish va ularning nosozligi, qoniqarsiz tozalanganligi va yog'lanishi haqida usta yordamchisiga xabar berishi va undan bu tartibsizliklaming oldini olishni talab qilish;
ish o'mini kerakli va sifatli asbob-uskunalar bilan ta’min lashni talab qilish;
korxona ma’muriyatidan ishlab chiqarish normasi haqida axborot berishni talab qilish;
dastgohlarning turib qolishi va ishlab chiqarish hisobini nazorat qilish;
shuningdek, ishchi joyini har xil keraksiz, bo‘sh va qoldiq ipli o‘ramalar bilan to‘ldirilgan va chiqindili yashiklardan toza- lashni talab qilish huquqiga egadir.
|
| |