|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 95/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)To‘quv tuguni. To'quv tugunini bog'lashda tugunning sifati va uning to'g'ri bog'lanishiga ahamiyat berish lozim. Bog'langan tugun katta bo'lmasligi va pishiq bog'langan bo'lishi kerak. Tugun uchlari 5 mm.dan oshmasligi kerak, chunki bunday tugunning gula ko'zchalaridan va tigiaridan o'tishi oson bo'ladi hamda to'qimada bilinmaydi. Bog'lovchi iplar bog'lanadigan iplar bilan bir *il yo'g'onlikda bo'lishi va bog'lash vaqti 5 sek.dan oshmasligi lozim.
Agar to'quv tuguni noto'g'ri bog'langan bo'lsa, ip gula va tig'dan o'tayotganda yana uzilishi mumkin. Tugunning uchlari esa
qo‘shni iplar bilan chalkashib ip uzilishiga va to‘qimada nuqson paydo boiishiga sabab boiadi.
To‘quvchi chalkashgan iplarni to‘g‘rilab, uzilgan ipni quyi- dagicha bartaraf etadi:
chap qoiining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan uzilgan ipning uchini ushlab qolgan barmoqlarini kaftiga qisib oladi;
o‘ng qoiining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan esa bogianadigan ipni shunday ajratib olishi kerakki, uning uchlari barmoqlari ostidan 5—7 mm chiqib tursin;
o‘ng qoiidagi ip uchini chap qoiidagi ip uchi ustiga qo‘y- ganda uning uchi qisqaroq boiishi lozim (16.1-rasm, a);
ikki ip uchini chap qoiining bosh va ko‘rsatkich barmoqari bilan qisadi. Iplarning uchi 5—7 mm.dan oshmasligi va chap qoiining bosh barmogi ko‘rsatkich barmoqqa nisbatan chiqib turishi lozim;
siqilgan ip bilan birga o'ng qoiini chap qoiidan 5—6 sm narida ushlaydi;
o‘ng qoiining bosh barmogi bilan bogiovchi ip yorda mida chap qoiining bosh barm ogi atrofida aylantirib oladi (16 .1-rasm, b) hamda bogiovchi ip chap qoiining bosh va
ko‘rsatkich barmoqlaridagi uzuq ip uchidan aylantirib olinadi (16.1-rasm, d)\
chap qo‘lining bosh barmoqlariga o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ida chiqib turgan ip uchi keltirilib, chap qolining bosh barmog‘i bilan siqib olinadi (16.1-rasm, e);
chap qo‘lining bosh barmog‘i halqachadan tortib olinib, bir vaqtning o‘zida o‘ng qo‘lining bosh barmog‘i bilan ipning uzun uchi halqa ichiga kiritiladi (16.1-rasm,/, g);
qayrilgan ip uchi qo‘yib yuborilmagan holda, chap qo‘l- ning bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmoq bilan siqib, halqaning tarangligi ostida, olng tomonga yo‘naltirib tugun hosil bo‘lguncha tortiladi (16.1-rasm, h).
Dastgohning lamel qismida uzilgan ip uchini topish va uni ulash. Dastgohning lamel hamda yo‘naltiruvchi skalo qismida uzilgan ip uchini topish va uni ulash uchun to‘quvchi bosh valni o‘rta holatga keltirib, ip uchini tanda va lamel ko‘zchalaridan ilgak yordamida o‘tkazadi.
To‘quvchi o‘z ishini quyidagi tartibda bajaradi:
tanda nazoratchisi dastasini chap qo‘li bilan yurgizib, lamelning harakati orqali uzilgan ipni topadi va shu joyda oraliq ochib dastgohning orqa tomoniga, ya’ni to‘quv g'altagi tomoniga o‘tadi (16.2-rasm, a);
• uzilgan ip uchini chalkashtirmasdan ulanadigan ipni olib to‘quv tuguni yordamida ip uchini ulaydi;
• ulangan ipni chap qo‘lida siqib kafti va barmoqlari yordamida ipni tarang tortib ushlab oladi;
• chap qo‘lidagi ipni lamel oldiga olib borib, ipning uchini ilgak yordamida lamel ko'zchasidan (16.2-rasm, b, d) va shoda qismiga o ‘tkazadi;
• uzilgan ip uchi kerakli lamel ko'zchasidan o'tkazilgandan so'ng gula va tig'dan o'tkazilishi lozim. Shuning uchun to'quvchi dastgohning old tomoniga o'tib, ip uzilgan joyini shoda qismidan topadi. So'ngra tig' ustiga engashgan holda chap qo'li bilan ipni ushlab shodadagi kerakli gula ko'zchasidan ilgak yordamida o'tkazadi (16.3-rasm, a, b)\
keyin iplar orasini ochib, hosil bo'lgan bo'shliq orqali uzilgan ipning tig'dan o'tishi kerak bo'lgan joyini aniqlaydi. Ilgakni shu tig' tishidan o'tkazib, chap qo'lidagi uzilgan ipni tig'dan o'tkazadi (16.3-rasm, d).
O'tkazilgan ip uchining to'qima chetidagi qismi iplar oldiga keltiriladi.
To'quvchining ish vaqtini tejash maqsadida uzilgan ipni gula va tig'dan bir vaqtda o'tkazish, ya’ni uzaytirilgan ilgakli ikkita
qo‘shni ipni o'tkazish usullari ilg‘or to‘quvchilar tomonidan taklif etilgan.
Gula va tig‘dan bir vaqtda o‘tkazish uchun to‘quvchi quyidagi harakatlarni bajaradi:
dastgohning old tomonida turib o‘ng qo‘li bilan ilgakni tig‘ oralig‘idan o‘tkazadi, chap qo‘li bilan esa bo‘sh gulani topib, ilgakni bo‘sh gula ko‘zchasidan o‘tkazib oladi;
chap qo‘li bilan uzilgan ipni, ilgakni ishga solib, ilgakni gula va tig‘dan ip bilan birga tortib oladi. Bu ishni bajarish uchun 4,4 sek vaqt tejab qolinadi.
Uzilgan ikkita qo'shni ipni ulash uchun to‘quvchi quyidagi harakatlarni bajaradi:
birinchi uzilgan ipni ulab, shoda ustiga tashlab qo‘yadi, keyin ikkinchi ipni ham ulab, gula ko‘zidan o‘tkazib tig1 ustiga tashlab qo‘yadi;
|
| |