0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




Download 22,48 Mb.
bet102/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

Standartlashtirish me’yoriy hujjatlarining toifalari, standartlarning turlari. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish obyektlariga qo'yilgan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari qo'llaniladi:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlararo standartlari (GOST);

  • 0 ‘zbekiston Respublikasi standartlari (O'zRSt);

  • texnikaviy shartlar (O'zTSH);

  • korxonalar, birlashmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xo'jalik subyektlarining standartlari (O'zKSt);

  • xalqaro, mintaqa va xorijiy mamlakatlarning milliy stan­ dartlari (ISO, MEK va boshqalar).

Milliy standartlashtirish obyektlariga:

  • yagona texnikaviy tilni qo'shib hisoblaganda umumtex- nikaviy obyektlar, umumiy mashinasozlikda qo'llaniladigan bu- yumlarning namunaviy konstruksiyalari (mahkamlash vositalari, asboblar va boshqalar), materiallar va moddalarning xususiyati haqidagi ishonchli m a’lumotlar, texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash;

  • aniq maqsadga yo'naltirilgan davlat ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyiha obyektlari;

  • respublika (yoki muayyan korxonalar)ga mahsulot yoki texnologiyaning raqobat qilish qobiliyatini oshirishni ta’minlash imkonini beradigan fan va texnika yutuqlarini kiritish;

  • respublikada ichki ehtiyojni qondirish uchun, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kiritish kiradi.

Standartlarning talablari va texnikaviy shartlari xalqaro, min­ taqaviy va sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari talablari bilan uyg'unlashtirilishi lozim.
Standartlar va texnikaviy shartlarni tasdiqlovchi tashkilotlar standartlarining talablari asoslanganligi uchun standartlar hamda texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchilar bilan baravar javobgar hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi 0 ‘zRSt 1.1 stan- dartiga binoan belgilanadi.
Mahsulot standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish yangi mahsulotni yaratish (yangilash) bo'yicha qilinadigan ishlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Texnikaviy shartlar va standartlarning majburiy talablarga doir bo'limida bayon etilgan (masalan, mahsulotni sinash usul­ lari, joylashtirish, transportda tashish, tamg‘alash va boshqa­ larni belgilaydigan), boshqa standartlarga havola qilingan taqdirda ishora qilingan standartlarning talablarini qo'llash majburiy bo'­ lib qoladi.
Agar mahsulotning majburiy talablarga muvofiqligi amal­ dagi standartlarga moijallangan tartibda tasdiqlanmasa yoki serti- fikatlashtirish lozim bo'lgan mahsulot sertifikatlashtiruvchi sinovlardan o'tmagan bo'lsa, realizatsiya qilinishi mumkin emas. Xorijdan keltirilayotgan va aholi ehtiyoji uchun chiqa- rilayotgan mahsulot O'zbekiston Respublikasida qo'llanilayotgan standartlar va texnikaviy shartlaming majburiy talablariga javob berishi, shuningdek, sertifikatlashtirish lozim bo'lgan mah- sulotlarga tegishli sertifikatlar berilishi yoki O'zdavstandart, O'z­ bekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi,
Qurilish davlat qo'mitasi tomonidan nazorat qilinishi lozim.
Mahsulotning aniq turiga (belgisi, andozasi va boshqalarga) texnikaviy shartlar standartlari mahsulot sifatiga har tomonlama talablar belgilaydi.
Texnikaviy shartlaming milliy standartlari ommaviy yoki seriyalab ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun ishlab chiqiladi. Texnikaviy talablarning standartlari mahsulotning to'g'ri qoilanilishini, buyumlaming ishonchliligi (uzoq muddat xizmat qilishi), texnik jihatdan moslashuvchanligi va o'zaro almashinuv- chanligini, mashinalar. uskunalar va asboblarning bir xilligini, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan asosiy ko’rsat-
kichlar me’yori va talablarini belgilaydi.
Nazorat usullari (sinovlar, tahlil qilishlar, oichovlar, ta’rif- lashlar) standartlari mahsulotning bitta yoki bir nechta turdosh guruhlari uchun ishlab chiqiladi. Standart sinov ishlarida namunalarni tanlash tartibini, mahsulotning sifat ko'rsatkich- larini baholash maqsadida uni iste’mol qilish (foydalanish), nazorat qilish (sinash, tahlil qilish, ta’riflash, o'lchash) usul-
larini, shuningdek, mahsulotni yaratish, sertifikatlash va foyda­ lanish chog‘ida sinab ko‘rish usullarini belgilaydi.
Korxonalarning standartlari va texnikaviy shartlarini bu hujjatlami tasdiqlagan korxonalar mahsulot yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatish uchun, 0 ‘zRSt 1.4 standart bo‘yicha shartno- malarga binoan nashr qildiradi va ularni joylarga yetkazib beradi.



Download 22,48 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

Download 22,48 Mb.