cho'li va G ‘arbiy Tyanshan tog*lari (Ugom, Piskom
tizim lari) orqali o'tadi. Turkm aniston bilan bo'lgan
chegarasi esa Qoplonqir platosi, Sariqam iz botig'i,
Qoraqum cho'li, A m udaryo va Ko‘hitang tizm asi orqali
o‘tadi. Tojikiston bilan bo'lgan chegara Bobotog*, Hisor,
Zarafshon, Turkm aniston va Q uram a tizm alari orqali,
Q irg'iziston bilan bo'lgan chegara esa Oloy, Farg'ona,
Chotqol tizm alari orqali o'tadi. Afg'oniston bilan bo'lgan
chegara eng qisqa bo'lib, A m udaryo orqali o'tadi.
Demak, O 'rta Osiyo m iqyosida O 'zbekistonning
iqtisodiy-geografik joylashishi ju d a qulay. Ammo
O 'zbekiston quruqlik ichkarisida joylashganligi uchun
xalqaro dengiz yo'llaridan ancha olisda joylashgan.
O 'zbekiston Hind okeaniga A fg'oniston va Pokiston
orqali, H ind okeanining Fors qo'ltig'i portlariga esa
Turkmaniston, Ozarbayjon va Gurjiston ham da Turkiya
orqali, Shimoliy M uz va Tinch okean portlariga
Q ozog'iston, Rossiya ham da Q irg'iziston va Xitoy
orqali chiqishi m um kin. Demak, xalqaro miqyosda
O 'zbekistonning iqtisodiy-geografik joylanishi biroz
noqulay.