Respublika 7 ta viloyatga bo'lindi (Samarqand, Toshkent,
Farg'ona,
Zarafshon,
Surxondaryo,
Qashqadaryo,
Xorazm), 1926- yilda ma’m uriy-iqtisodiy rayonlashtirish
amalga oshirildi. 1936- yilda Qoraqalpog'iston O 'zbe
kiston SSR tarkibiga kiritildi. 1938- yil 15-
yanvar
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg'ona va Xorazm vilo-
yatlari tuzildi. 1941- yil 6-
m artda Andijon, Namangan,
Surxondaryo viloyatlari, 1924- yil 1-noyabr Qashqadaryo
viloyati tashkil qilindi. 1963- yil 16-
fevralda Sirdaryo
viloyati tuzildi. 1973- yil 28- dekabrda Jizzax viloyati,
1982- yil 20- aprelda Navoiy viloyati tuzildi.
3.3. O'zbekiston tabiiy resurslari va ularni
muhofaza qilish
O 'zbekistonda tabiiy resurslarning
xilm a-xil turlari
mavjud bo'lib, ular m am lakat sanoatini va xalq xo'jaligi
ning asosini tashkil qiladi.
Yer resurslari.
O 'zbekistonning umumiy yer
fondi 448,9
m ing ga, shundan 62% qishloq xo'jalik
yerlari, 32% qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan
yerlar. Sug'oriladigan yerlar yer resurslarining 9,2%ini
tashkil qiladi (4238,6 ming ga), qishloq xo'jaligida foy-
dalaniladigan yerlarning um um iy maydoni 32 mln. ga,
ekiladigan yerlar 4090,2 m ing ga,
shudgor qilinadigan
yerlar 4474,5 mln. ga.
Tuproq va o'simlik resurslari.
O'zbekistonda
quyidagi tuproqlar tarqalgan:
qumli, taqir, o'tloq,
242