sohibkorlik zonalari, xorij kapitalining erkin amal qilishi
uchun ajratilgan m axsus hudud. Bu zonalar m am lakatlar
hududida tovar ishlab chiqarish, xizm at ko'rsatish
va boshqa faoliyat turlari bo'yicha chet el firm alari
tashabbusini faollashtirishga qaratilgan. Hozir jahonda
500 ta erkin iqtisodiy zona mavjud.
2.9. Xizm at ko'rsatish geografiyasi
Aholiga turli xil madaniy, maishiy, aloqa, tibbiy,
xavfsizlik va boshqa xizm at ko'rsatishlarni o'z ichiga
oladi. M azkur sohaga, asosan, nomoddiy ishlab chiqarish
tarm oqlari kiradi (sog'liqni saqlash, tarbiya, ta’lim,
madaniy, aloqa, huquqiy, m a’muriy, xavfsizlik, savdo).
Aholiga xizm at ko'rsatish darajasining ko'rsatkichi
1000 kishiga to'g'ri keladigan m azkur sohada ishla-
yotganlar sonidir. M asalan, 1000 kishiga xizm at ko'rsatish
sohasida 10 kishi ishlashi mumkin.