bo'ladi. Superfosfat zavodlari o'g'itlar ishlatiladigan
joylarda quriladi. Tarkibida fosfor ko'p bo'lgan o'g'itlar
ishlab chiqaruvchi yangi superfosfat zavodlari ko'proq
xomashyo manbalariga yaqin qurilm oqda. Azotli va
kaliyli o 'g'itlar zavodlari xomashyo m anbalariga yaqin
quriladi. Polimerlar kimyosi m ahsulot birligini olish
uchun ko'p m iqdorda issiqlik va elektr energiyasi, suv
va m axsus tayyorlangan xomashyo sarflanadi. Jahonda
kim yo sanoati rivojlanishi bo'yicha AQSh, Yaponiya,
G erm aniya, B uyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya,
Niderlandiya, Rossiya, Xitoy yetakchi hisoblanadi.