titan, aluminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk,
sintetik ammiak
ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan
ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, m agniy uchun
26 m ing kVt/soat elektr energiya sa rf bo‘ladi.
Demak, ishlab chiqarilgan m ahsulot tannarxining
asosiy qism ini energetika xarajatlari tashkil qilsa, bunday
ishlab chiqarish ko‘p
energiya talab qiladigan ishlab
chiqarish
deb ataladi.
Elektr energiyasini kam roq talab qiladigan tar
moqlarga qora m etallurgiya (elektrometallurgiyadan
tashqari), soda va qog'oz ishlab chiqarish, m ashinasozlik,
mebel va to'qim achilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi
sanoatini joylashtirishda
quyidagi omillar
hisobga
olinadi: a) yoqilg'i va gidroenergetika resurslari;
b) ishlab chiqarishdagi va elektr
energiyani uzatishdagi
texnika taraqqiyoti;
d) iste’m olchining joylanishi.
Elektr energiyasi issiqlik elektr stansiyalarida (IES),
gidroelektrstansiyalarida (GES), issiqlik elektr m arkaz-
larida (IEM ), atom elektr stansiyalarida (AES) va
noan’anaviy elektr energiyasi
olish
stansiyalarida
ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab
chiqariladigan elektr
energiyaning 70% dan ortig'i lESlarda ishlab chiqariladi.
K o'pchilik IES larda elektr energiya bilan birga issiqlik
energiyasi ham ishlab chiqariladi. U lar
issiqlik elektr
m arkazlari
deb ataladi (IEM). U larda elektr energiya
ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalar,
binolarni isitishga va ishlab
chiqarish ehtiyojlariga
230
yuboriladi. GES larda energiya ishlab chiqarish to'xtovsiz
oqib tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi. GES
lar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib
beradigan inshootlar va jihozlar majmuyidir. Bitta
daryoning o'zida bir necha elektr stansiyalar pog‘onasini
(kaskad) vujudga keltirish mumkin. Jahonda ishlab
chiqariladigan elektr energiyaning 20%i GES larda ishlab
chiqariladi. AES larda jahonda
ishlab chiqariladigan
elektr energiyaning 15-17%i ishlab chiqariladi, uning
xomashyosi
uran
hisoblanadi. AES lar hozir 30 dan ortiq
davlatlarda qurilgan. N oan’anaviy energiya m anbalari
asosida ishlaydigan elektr
stansiyalarga quyosh elektr
stansiyalari (QES), shamol elektr stansiyalari (ShES),
geotermal elektr stansiyalari (GeES), qalqish elektr
stansiyalari (QaES), dengiz oqimi elektr stansiyalari
(OES) va boshqalar kiradi.
Iste’m olchilarni elektr energiyasi bilan ta’m inlashda
qatnashadigan va bir-biri bilan elektr liniyalari va turlari
bilan bog’langan yirik elektr stansiyalar birlashmasi