• 0’simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy usullari va texnologik sxemalari
  • 0’simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy xomashyolari, usul va texnologik sxemalari Yog’ olinadigan xomashyolar




    Download 17.99 Kb.
    Sana24.05.2023
    Hajmi17.99 Kb.
    #64007
    Bog'liq
    Yog
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, kolloid kimyo lab.2022 y., Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza

    Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biridir. 0‘zbekistonda qadimdan o ‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, raps, maxsar urug‘i, paxta chigiti. poliz ekinlari urugiaridan juvozlarda olingan.
    0’simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy xomashyolari, usul va texnologik sxemalari
    Yog’ olinadigan xomashyolar. Bizga ma’lum bo‘lgan deyarli hamma o‘simliklarning urug‘lari tarkibida ozmi-ko‘pmi yog’, albatta, bo‘ladi. Lekin moyli xomashyolar deb sanoat miqyosida yog‘ ishlab chiqarilganda iqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi.
    Moyli xomashyolarga quyidagilar kiradi:
    1. Faqat yog‘ olish maqsadida o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps, kunjut).
    2. Faqat yog’ olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i:
    a) to‘qimachilik sanoati uchun yetishtiriladigan o‘simliklar urug‘i (paxta, kanop); b) atir-upa sanoati uchun ekiladigan o‘simliklar urug‘i (kori -andr-kashnich);
    d) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglevod bo‘lgan o‘simliklar urug‘i (soya, xantal, yeryong‘oq).
    3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarining urug‘i ham ikkinchi darajali yog‘ olinadigan xomashyo hisoblanadi:
    a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makka - jo‘xori, guruch va bug‘doy kurtaklari);
    b) tarkibida yog‘i bo‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindilari (o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari).
    0‘simlik urug‘i, ya’ni yog‘ olish mumkin bo’lgan xomashyo ikki guruhga bo‘linadi: 1) po‘stloqli; 2) po‘stloqsiz.
    Po‘stloqli urug‘larga quyidagilar kiradi: kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq. Ular qayta ishlanganida, albatta, chaqiladi va mag‘iz po‘stloqdan ajratiladi. Ikkinchi guruh urug‘lar chaqilmayd i. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab, ularning po‘stlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bo‘ladi. Agar ishlab chiqarishda, ya’ni qayta ishlanganida bu urug‘lar chaqilsa, yog' chiqishi kamayib ketadi, chunki chaqilmani ajratish paytida elaklar orasidan po‘stloq bilan birgalikda mag‘iz ham o‘tib ketadi.
    Urug‘lar yog‘liligiga qarab uch turga bo‘linadi: 1) seryog‘ urug‘lar; 2) o‘rtacha yog‘li urug‘lar; 3) kam yog‘li urug‘lar.
    Seryog’ urug‘larga kunjut, kanakunjut, kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 56-75 foiz yog‘ bo‘ladi. 0‘rtacha yog‘li urug‘larga chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 36-55 foiz yog‘ bo‘ladi.
    Kam yog‘li urug‘larga soya va shunga o‘xshash o‘simliklarning urug‘lari kiradi. Ular tarkibida 15-35 foizgacha yog‘ bo‘ladi.
    0’simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy usullari va texnologik sxemalari. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiya asosida o‘simlik moyi olishning ikkita usuli mavjud: moyni mexanik siqib olish, ya’ni presslash usuli hamda yengil uchuvchan organik erituv - chida eritib olish, ya’ni ekstraksiyalash usuli. Bu ikki usul qayta ishlanadigan xomashyo turiga va sifatiga qarab alohida yoki bir - galikda ishlatilishi mumkin. Mo y olish alohida texnologik sxema bo‘yicha o‘ziga xos bir texnologik tartibda olib boriladi.
    Texnologik sxema deb, b ir-biri bilan mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langan texnologik jarayonlarning yig‘indisiga aytiladi.
    Texnologik tartibda operatsiyaning turli omillari, vaqt, harorat, namlik, hamo hangligida ishlatilayo tgan mashina va apparatlar ish - lash tartibida olib borish hamda ishlov berilayotgan material xossasi va holatining o'zgarish darajasi nazarda tutiladi.
    Texnologik jarayonlar olib borilayotganida material har xil tashqi ta’sirlarga uchraydi. Bular mexanik, issiqlik, namlik, erituvchi va kimyoviy reagentlar bo’lishi mumkin. 0‘simlik moylarini olish usullariga qarab ishlab chiqarish texnologik sxemalari ikki asosiy guruhlarga bo‘linadi: presslash bilan tugallanadigan va ekstraksiyalash bilan tugallanadigan sxemalar. 0‘z navbatida, bu ikki guruhning har biri turli variantlarda alohida yoki birgalikda ishlatilishi mumkin.
    Texnologik jarayonlar asosiy tayyorlov, yordamchi va qo‘shimcha operatsiyalardan tashkil topadi.
    Asosiy operatsiyalarga moyli urug‘lami maydalash (yanchish), qovurish, presslash va ekstraksiya yo‘li bilan yog‘ olish usullari kiradi.
    Tayyorlov jarayonlariga moyli urug‘larni qabul qilish, quritish, saqlash, iflosliklardan tozalash va qobiqni mag‘izdan ajratish kiradi.
    Yordamchi operatsiyalarga esa shrot tarkibidan erituvchini haydash, misselladan yog‘ni ajratib olish, erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiya qilish kiradi.
    Qo'shimcha operatsiyalarga esa forpress yoki ekstraksiya moylarini tozalash, fosfor tutuvchi moddalarni ajratish kiradi.
    Asosiy tayyorlov, ikkinchi darajali va qo‘shimcha operatsiyalarning uzviy bog’liqligi texnologik sxemani tashkil qiladi.
    Xorijiy hamda MDH mamlakatlarida o‘simlik moylari olish uchun quyidagi texnologik sxemalar qo‘llaniladi:
    1. Presslash usuli bilan tugallanadigan sxemalar: a) shnekli presslar yordamida bir marta presslash usuli; b) shnekli presslar yordamida ikki marta presslash usuli; d) shnekli presslar yordamida uch marta presslash usuli.
    2. Ekstraksiya usuli bilan tugallanadigan sxemalar: a) ikki marta presslash va oxirida ekstraksiya usuli bilan tugallash; b) bir marta presslash va oxirida ekstraksiyalash usuli bilan moy olish; d) to‘g‘ridan to‘g‘ri ekstraksiyalash usuli.
    Ikkala sxemalar bo‘yicha (b) usul eng ko‘p tarqalgafl bo‘lib, ikkinchi (b) usul for - presslash -ekstraksiyalash usuli ham deyiladi.
    Download 17.99 Kb.




    Download 17.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0’simlik moylari ishlab chiqarishning asosiy xomashyolari, usul va texnologik sxemalari Yog’ olinadigan xomashyolar

    Download 17.99 Kb.