O’qish qobiliyatini o’stirishda sintaktik ishlarni amalga oshirish usullari




Download 169,5 Kb.
bet5/6
Sana18.05.2024
Hajmi169,5 Kb.
#241002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish

2.2. O’qish qobiliyatini o’stirishda sintaktik ishlarni amalga oshirish usullari
So‘z birikmasi ustida ishlash. Tilda leksik (so‘z), sintaktik (so‘z birikmasi va gap) va bog‘lanishli nutq saviyalari ajratiladi. Shu mazmunda so‘z birikmasiga leksiksaviyadan sintaktik saviyaga o‘tish halqasi sifatida qaraladi.
So‘z birikmasi leksik-grammatik birlik bo‘lib, tugallangan fikr ifodalanmaydi va bu bilan gapdan farqlanadi. So‘z birikmasi nutqda gap ichida ishlatiladi. Bolalarga so‘z birikmasini o‘rgatish fikr elementi ustida ishlash hisoblanadi (Fomicheva G. A). Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi ustida ishlashda qo‘yidagi mashq turlaridan foydalaniladi:
Bosh so‘zdan ergash so‘zga so‘roq berish, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi aniqlash.
Matnda uchragan so‘z birikmasining ma’nosini tushuntirish. Matnda yoki faoliyat jarayonida uchragan yangi so‘z bilan so‘z birikmasi tuzish.
So‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzishdir.
So‘z birikmasi tuzishda yo‘l qo‘yilgan xato gap tuzishda ham xatoga olib keladi.
So‘z birikmasi ustida ishlash grammatik, imloviy va boshqa mashqlarni to‘g‘ri bajarishga zamin bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun so‘z birkmasi ustida o‘rni bilan maqsadga muvofiq ishlab borish orqali gap va bog‘lanishli nutq tuzishga oid nutqiy mashqlarga o‘tish lozim.
Gap ustida ishlash. Gap ustida ishlash o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‘rgatish hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhimi, birinchi, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga ham tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan jips bog‘liq bo‘lib, gap qurilishi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir: uchinchidan, gap mazmun birligi bo‘lib, tugallanganlik mazmunini bildiradi.
Boshlang‘ich sinf dasturining “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‘rsatilgan.
Analiq yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi:
1)analitik mashqlar, ya’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;
2)sintetik mashqlar, ya’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.
Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin bo‘lib xizmat qiladi, ular parallel yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish faoliyatining aktivligi darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi: 1)namuna asosida mashqlar; 2)konstruktiv mashqlar; 3)ijodiy mashqlar.
Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik konstruktsiyalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi. Namuna asosidaga mashqlarga quyidagilar kiradi:
1.Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli namunani o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustidav ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi.
2. Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va “namuna” rolini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmuninga emas, balki barcha so‘zlar va sintaktik qurilishning jadvali ham beriladi.
Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi; bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari:
1. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish.
2. Nuqtalar qo‘yilmagan bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish.
3. Berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qayerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi.
4. Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish. Chaqqon bolalar olma terdilar, Ishchan bolalar chiroyli gullarni zavqlanib terdilar.
5. Berilgan gapga o‘xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli, sodda yoyiq gap tuzish.
6. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‘lakli sodda gap tuzish.
Ijodiy mashqlar o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1.Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: daryo yo quyoshli kunda bizning dala, yoki quyon va tipratikan haqida gap tuzish.
2.Predmetrasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir gap yoki bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta “tayanch” so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning aktiv lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi.
1. Nutq va uni o’stirish tushunchasi.
1.Nutq va uni o’stirish tushunchasi. Nutq kishi faoliyatining turi, til vositalari ( so’z, so’z birikmasi, gap) asosida taffakurni ishga solishdir. Nutq o’zoro aloqa va xabar funksiyasini, o’zoro fikrni his- hayajon bilan ifodalash va boshqalarga tasir etish vazifasini bajararadi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamyatda kishinig akyif faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida hizmat qiladi . O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvvaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq - o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tilidan bajarilgan ishlari ko’zda tutilsa ,nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama ( talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi, bog’lanishli nutqni) aktif amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa nutq o’stirish deganda, o’quvchilar tilining talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo’llash tushunladi.
Nu faoliyati uchun, shuningdek o’quvchilar nutqini o’stirish uchun bir necha shartga rioya qilish lozim:
1. Kishi nutqini yuzaga chiqishi uchun talab bo’lishi kerak.O’quvchilar nutqini o’stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishi va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyatni yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo’lishi lozim. Bu material qanchalik to’liq, boy, qimmatli bo’lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo’ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so’z, so’z birikmasi, gap, nutq qoidalari yordamida ifodalansagina tushinarli bo’ladi.SHuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning uchunchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurolllantirish hisoblanadi.
Nutqni egashning qator talablari mavjud. Bular:
1.Adabiy til normalarini o’zlashtirish.
2.Jamyatimizning harharbir azosi uchun zarur bo’lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o’qish va yozish malakalarini o’zlashtirish.
3. O’quvchilar nutq madanyatini takomillashtiriskh.
Nutq o’stirishda uch yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi:

  1. so’z ustida ishlash; 2) so’z brikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash.

So’z so’z brikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo’lib leksikologiya( frazealogiya, va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis hizmat qiladi; bog’lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslikka va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi.
Nutq o’stirishda izchanlik to’rt shartni, yani mashqlar izchiligini, istiqboli, xilma-xiligi, xilma-xil mashqlarni bir maqsadga yo’naltirish ko’nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlaydi.
Nutq turlari. Kishilar tilidan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular oz fikrlarini ovoz bilan eshitirib boyon qilishdan oldin o’ylab ko’radilar. Bu ichki nutq hisoblanadi.Ichki nutq eshitirilmagan va yozilmagan “o’ylangan “(fikrlangan ) nutqdir.Tashqi nutq tovushlar yordamida eshitirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib , boshqalarga qaratilgan nutqdir.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi.
Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki yozma bo’ladi.
Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa manolog tarzida bo’ladi.
O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar . o’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan talablarga rioya qilinadi.
1.O’quvchilarnutqi mazmundor bo’lsin .
2.Nutqda mantiqiylik bo’lsin.
3.Nutq aniq bo’lsin..
4.Til vositalariga boy bo’lsin .
5.Nutq tushunarli bo’lsin.
6.Nutq ifodali bo’lsin.
7.Nutq to’g’ri bo’lsin.
Nutq o’quvchilar taffakurini o’stirishda muhim vositadir.Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir.Nutq fikrning psixologik asosi vazifasini bajaradi , uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin.SHuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash , takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.
Tafakur til yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o’sadi.Tushuncha so’zlar yoki brikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi.
Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z so’z birikmasini bilsagina , shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda ifodalash ,fikrlash imkoniga ega bo’ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi , shu bilan birga , fikr nutqni yaratadi.” Nutq fikr bilan chambarchars bog’liqdir . Nutq bo’lmasa taffakur ham bo’lmaydi , til materiali bo’lmasa , fikrni ifodalab berib bo’lmaydi”.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq , tushunarli , sof , izchil , mantiqiy bo’lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini , lug’at tarkibini ,Grammatik qurilishini bilib olish , fikrni takomillashtirish uchun shart – sharoit hozirlaydi .Bilimlar ,faktlar har xil axborotlar ham, nutqning materialidir. Nutq taffakur jarayonini o’rganishning muhim vositasi bo’lib hizmat qiladi. Nutqdan o’quvchining fikriy rivojining asosiy o’lchovlari sifatida foydalaniladi . O’quvchilarnig barcha predmetlardan materialni o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritilganda , u yoki bu mavzuni bola o’z nutqida ( yozgan inshosida , axborotida ,, qayta hikoyalashda ,savollarga bergan javobida ) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.
Xulosa
Eng muhimi, mashg'ulotlaringizni muntazam ravishda o'tkazish. Maktabga berilgan topshiriqlar bilan birgalikda haftada 3-4 ta mashg'ulot o'tkazish maqbuldir. Vaqti-vaqti bilan ba'zi mashqlarni boshqalar bilan almashtirishingiz mumkin, bu sizning harakatlaringizni yanada rang-barang va qiziqarli qiladi.
O'qishni o'rgatish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi videoga qarang.
O'qish grafik ma'lumotlarni qayta ishlash va idrok etishning eng muhim jarayoni bo'lib, uni o'rganish erta yoshdan boshlanadi.
Ushbu mahoratni o'zlashtirish sifati ko'p jihatdan kishining o'qishda, ijodda va hatto kundalik ishlarda yutuqlarini aniqlaydi. Biz nafaqat qanday qilib tez o'qishni o'rganishni, balki matndagi eng muhim ma'lumotlarni qanday olishni ham ko'rib chiqamiz. Bo'lajak intellektual ishlarning sifati va tezligi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir.
Va bu nafaqat aktyorlar, filologlar va olimlarga tegishli. Hatto oddiy iqtisodchi ham bu ko'nikmalarni hayotda foydali deb topadi. Bitirgandan so'ng har bir talaba o'z diplomini katta auditoriya oldida himoya qilar ekan. Keyingi ishlarda tez va chiroyli gapirish qobiliyati hal qiluvchi mahoratga aylanishi mumkin: ko'pincha shaxsning martaba zinapoyasiga ko'tarilishi yaxshi nutqqa bog'liq.
Endi bu qobiliyat nima uchun juda muhimligini bilasiz. Qanday qilib tezda ovoz chiqarib o'qishingiz mumkin.

Download 169,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 169,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qish qobiliyatini o’stirishda sintaktik ishlarni amalga oshirish usullari

Download 169,5 Kb.