• Kurs ishining amaliy ahamiyati
  • I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
  • 1 -2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish Mundarija Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini shakllantirishning nazariy asoslari




    Download 169,5 Kb.
    bet2/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi169,5 Kb.
    #241002
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish

    Kurs ishning obyekti: 1-2--sinf darslarda matn ustida ishlashda interfaol metodlardan foydalanishni yoritish jarayoni.
    Kurs ishning predmeti: 1-2--sinf darslarda matn ustida ishlashda interfaol metodlardan foydalanishning uslubiy asoslari
    Kurs ishining maqsadi: 1-2--sinf darslarda matn ustida ishlashda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyatini o‘rganish.
    Kurs ishining vazifalari:
    Interfaol metodlar va ularning ta’lim jarayonida tutgn o’rnini aniqlash.
    Interfaol ta’lim metodlari va ulardan foydalanish tartibini yoritib berish.
    O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirishda interfaol o`yinlarning tutgan o`rnini tahlil qilish.
    3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
    Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
    I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

      1. 1 -2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish.

    Hatto qadimgi yunonlar ham chiroyli va tezkor ovoz chiqarib baland ovozda gapirish muhimligini bilishgan. Qadimgi Yunonistonda mashhur bo'lgan faylasuflar va mutafakkirlar notiqlik mahoratiga ega edilar. Shuning uchun ularning qimmatbaho fikrlari va g'oyalarini oddiy odamlar tushunib etishdi.
    Zamonaviy odam uchun tez va ikkilanmasdan ovoz chiqarib o'qiy olish muhimmi? Javob albatta ha bo'ladi.
    Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
    O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
    O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.
    Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari yuqori sinflardagi o’zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardagi o’qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O’qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o’qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo’ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o’yinda bo’ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o’yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o’qish orqali amalga oshiriladi.
    Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o’qish darslarda o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg’otadi.
    O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor:

    1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchi-
      larni ifodali o’qishga o’rgatish;

    2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.

    Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.

    2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.

    3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin.

    O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.
    To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi.
    Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.
    Ifodali o’qish turlari quyidagilar:

    1. Yakka o’qish.

    2. Rollarga bo’lib o’qish.

    3. Jo’r bo’lib o’qish.

    4. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir.

    Boshni fido ayla ato qoshig’a,
    Jismni qil sadqa ano boshig’a....
    Kin-tuningga aylagali nur fosh,
    Birsin oy angla, birisin quyosh.

    1. Navoiydan)

    Rollarga bo’lib o’qish.
    “Qish” X. Eshonqulov.
    1-o’quvchi: Hovlida zag’cha,
    Qanot qoqadi.
    2-o’quvchi: Oppoq kiyimda,
    O’rmonu tog’, yer.
    Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
    Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak
    bo’ladi.

    1. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.

    2. O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.

    1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar.
    Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
    2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
    3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.
    4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak.
    Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
    Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:

    1. nafasdan to’g’ri foydalana olish;

    2. adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;

    3. so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.

    O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.

    1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.

    2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
      Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi. Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar. Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi. She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.

    Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.
    Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.
    Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar.Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
    “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim berishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi.
    O’tmishda yashab o’tgan vatandoshimiz shoh Mirzo Bobur shaxsi bilan tanishtirish, uning hayoti haqida ma’lumot betish. O’quvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular nutqini o’stirish va o’qish malakasini oshirish.
    Darsning turi: O’tilganlarni mistahkamlash.
    Darsning uslubi: Suhbat.
    Darsning jihozi: Mirzo Bobur portreti va tarqatma material.
    Darsning borishi: Dars O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
    O’tilgan mavzuni so’rab, bolalar bilimi aniqlanadi, quyidagi savollar beriladi:

    1. Biz o’tgan darsda qanday mavzudagi asarlarni o’rgangan edik?

    2. Alisher Navoiy Jaloliddin Munshiyga qanday topshiriq bergan edi?

    3. Said Ruhillo nima uchun xursand bo’ldi?

    Tanlab o’qitish:

    1. Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing.

    2. Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing. Lug’at ustida ishlash:

    Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar.
    Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi. Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi.Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir, tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan.Uni dovyurak, jasur va epchil bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini qo’msaydi.
    Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirin-shakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo handalak bilan qovun bo’lmaydi.
    Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar.
    Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi.
    Hozir yangi mavzuni o’qib o’rganamiz.

    1. Bobur yaratgan bog’da qovun yetkaza olindimi yo’qmi?

    2. Dehqonlar shohning g’azabiga duchor bo’lishdimi yoki yo’qmi?

    Degan savolga javob topamiz?
    Asarni o’qish.
    O’qituvchi asarni ifodali qilib o’qib beradi.
    Asar yuzasidan dastlabki suhbat:

    1. Asarda kim haqida hikoya qilinadi?

    2. Shoh Bobur qovunning o’z yurtida yetishtirilganini
      qayerdan bildi?

    Bobur bog’bomnni nima uchun bosh-oyoq sarpo bilan
    mukofotlaydi?


      1. Download 169,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 169,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 -2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish Mundarija Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini shakllantirishning nazariy asoslari

    Download 169,5 Kb.