• O’tilgan mavzuni takrorlash
  • Yangi mavzu bayoni
  • Algoritm
  • Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Download 1,92 Mb.
    bet15/208
    Sana23.07.2021
    Hajmi1,92 Mb.
    #15865
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208
    Darsning borishi va vaqt taqsimoti





    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    14 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa


    O’tilgan mavzuni takrorlash:
    1.Obyekt deb nimaga aytiladi?

    2.Obyektning tavsifi va tavsif qiymati haqida misollar yordamida so'zlab bering.

    3.Model deb nimaga aytiladi?

    4.Obyekt va unga mos modellarga misollar keltiring.

    5.Biologik modellarning ahamiyati haqida so'zlab bering
    Yangi mavzu bayoni

    Inson hayoti davomida katta-yu-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Odatda, u o'z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo'lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimiga asoslanib ma'lum bir tartibga keltiradi. Bunga xilma-xil misollar keltirish mumkin.

    1-misol. Choy damlash maqsad qilib qo'yilgan bo'lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hol bo'lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo'ladi:

    1-choynak qopqog'i ochilsin;

    2-choynak qaynoq suv bilan chayilsin;

    3-choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;

    4-choynak to'lguncha qaynagan suv quyilsin;

    5-choynak qopqog'i yopilsin;

    6-choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin.


    2- misol. Amal bajarilsin: 19632107 + 19702202. Bu amalni qanday bajargan bo'lar edingiz? Ha, to'gri, bu sonlarni ustun ko'rinishida deyarli quyidagicha qo'shasiz:

    1-sonlar xonalari mos keladigan tartibda tagma-tag yozib olinsin;

    2-sonlarning birlik xonasidagi raqamlarini qo'shib, natijaning birlik raqami birliklar tagiga yozilib, o'nlik raqami dilda saqlansin;

    3-sonlarning o'nlikdagi raqamlarini va dildagi raqam qo'shilib, na­tijaning birlik raqami o'nliklar tagiga yozilib, o'nlik raqami dilda saqlansin; va

    3-banddagi qoida yuzliklar, mingliklar va hokazo uchun takrorlanadi. Bu amallar quyidagi ko'rinishda sizga juda tanish:
    19632107

    +19702202

    39334309
    Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqachaaytganda, ko'rsatmalar yoki buyraqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidanbajarilgach, ko'zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va


    har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijagaerishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadiganqoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so'zi bilanifodalanadi.

    Algoritm so'zi IX asrda yashab (783—850) o'z ilmiy ishlari xazinasibilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan.


    Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag'ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyadalotin tiliga taijima qilingan. Bu taijimaning XIV asrda ko'chirilgan yagonaqo'lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda.Risola lotin tilida «Dixit Algorithm!», ya'ni «Dediki al-Xorazmiy» iborasi
    bilan boshlanadi.

    Algoritmdagi har bir ko'rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishniko'zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog'lanadi. Har qanday algoritm — bu amallarni belgilovchi


    qoida bo'lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangannatijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amalalgoritmning qadami deb ataladi.
    Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yo'naltirilgan, ijrochibajarishi uchun mo'ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi.
    Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi buyruq (yoki ko'rsatma)lar ketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson — ijrochibo'lar ekan. Birinchi misoldagi ko'rsatmalar «Choy damlash algoritmi»deb ataladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz: inson hayotida ko'zlaganmaqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko'plab algoritmlarni bajaradi.
    Ko'pgina algoritmlar inson uchun odat bo'lib qolgan. Masalan, taom tay-yorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, xonadan chiqish, yozish, bir joydanikkinchi joyga borish va hokazo.


    Download 1,92 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning borishi va vaqt taqsimoti

    Download 1,92 Mb.