|
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi
|
bet | 25/208 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #15865 |
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarda fanlararo bog`lanishni tushungan holda o`quv fanlarini o`zlashtirishiga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish.
O'quv
jarayonining mazmuni
|
Algoritmni tasvirlash usullari (so`zlar orqali, formulalar yordamida, jadval ko`rinishida, grafik shaklda, blok sxema shaklida) tasvirlash. Algoritmni tasvirlash usullarining har biri uchun turli o`quv fanlaridan misollar keltirish bilan fanlararo bog`lanishni amalga oshirish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilar Algoritmni tasvirlash usullari haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Darslikda keltirilgan va o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar orqali informatika fanining boshqa o`quv fanlari bilan uzviy bog`langanligini bilib oladi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi. Yangi bilimlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
|
| |