• Darsning borishi va vaqt taqsimoti
  • O’tilgan mavzuni takrorlash.
  • Yangi mavzu bayoni. Web-sahifalar tashkil etish texnologiyasiga bogliq holda, asosan, 3 turga bolinadi: statik dinamik interaktiv
  • Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash. Vosita




    Download 1,92 Mb.
    bet143/145
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #156614
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
    Bog'liq
    1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

    Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
    Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
    Usul: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
    Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
    Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

    Kutiladigan natijalar

    O'quvchilarning yangi bilim va ko'nikmaga ega bo’ladi. Statik va dinamik web-sahifalar haqida bilim oladi. Chat, interaktiv web-sahifalar, interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari to’g’risida tasovvur hosil bo’ladi. Interaktiv web-sahifa hosil qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi.

    Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

    O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



    Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    14 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa



    O’tilgan mavzuni takrorlash.
    1.Hayotingizda uchratgan formalar haqida so'zlab bering.
    2.Formalar nima uchun ishlatiladi?
    3.Web-sahifada forma qanday tashkil etiladi?
    4.Formani jo 'natish haqida so (zlab bering.
    5.Formada matn maydoni qanday belgilanadi


    Yangi mavzu bayoni.

    Web-sahifalar tashkil etish texnologiyasiga bog'liq holda, asosan, 3 turga bo'linadi:


    statik dinamik interaktiv
    Statik web-sahifalar — bu HTML tilida yozilgan .html yoki .htm kengaytmali matn, jadval, rasm kabi elementlarni o'z ichiga olgan tayyor holda serverda saqlanayotgan o'zgarmas fayllardir.
    Dinamik web-sahifalar — bu foydalanuvchi so'rovini bajarish jarayonida hosil qilingan o'zgaravchan web-sahifalardir. Bu web- sahifalar PHP, ASP, DHTML va shu kabi ssenariylar tili yordamida hosil qilinib, kengaytmasi, mos ravishda, .php, .aspx bo'ladi. Dinamik web-sahifalar foydalanuvchi so'roviga binoan serverda saqlanayotgan ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar asosida tashkil etiladi.
    Avvalgi darslarda web-sahifadagi formadan so'rovlar o'tkazish, web-server va mijoz o'rtasida muloqot o'tkazish yoki berilgan ro'y- xatdan kerakli hujjatni tanlash maqsadida qo'llanilishi haqida ma'lumot bergan edik, masalan, web-sahifaning reytingini aniqlash, biror korxona mahsulotlari haqidagi fikrlarni jamlash, Internet orqali tanishish. Hozirgi kunda chat deb ataluvchi mijozlar orasida muloqot qilishni ta'minlovchi web-sahifalar ham bor. Muloqot qilish imkonini beruvchi barcha web-sahifalar interaktiv web-sahifalar deb ataladi.
    Interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqishning tartib-qoidalari mavjud bo'lib, ulardan asosiylarini sanab o'tamiz:
    1. Web-sahifaning deyarli barcha qismi server dasturlari yordamida generatsiya (hosil) qilinadi va qayta ishlanadi. Misol sifatida biror web-sayt ichida (mail.ru yoki inbox.uz saytlarida) bepul elektron pochta ochishni ko'rsatish mumkin. Bu sahifalarda barcha ma'lumotlar server dasturlari tomonidan qayta ishlanadi: ma'lumotlar kiritish va ularning to'liqligini tekshirish; nom kiritish va uni «bo'sh» ekanligini tekshirish, tanlash uchun nomlar tavsiya etish; parol (mahfiy so'z) tanlash u bilan bogiiq amallar bajarish; birinchi marta ochilganda va tug'ilgan kunlarda tabriknomalar yuborish; va hokazo.
    2.Web-sahifalar generatsiyasi uchun barcha ma'lumotlar tayyor ma'lumotlar omboridan olinadi. Ma'lumotlar omborlari maxsus kompyuterlarda turli ko'rinishlarda saqlanadi. Misol qilib, maktabingiz server kompyuterida o'rnatilgan elektron darslikni olish mumkin. Bu kabi darsliklarda web-sahifa ko'rinishida tashkil etilgan test ilovalari mavjud bo'lib, undagi test savollari awaldan test omboriga joylash- tirilgan bo'ladi.
    3.Ko'pincha web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalaniladi. Bu cheklashlar turli mijozlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Oddiy mijozlar web-sahifani faqat ko'rib chiqish, boshqalari esa o'zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Masalan, elektron darsliklar misolida administrator, o'qituvchi va o'quvchi turli imkoniyatli web- sahifaga tashrif buyuruvchi hisoblanadi.
    4.Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web- sahifa kirish imkoniyatini (inglizcha — logon) ko'zda tutgan bo'ladi. Albatta, har bir logon parol bilan birga ishlatiladi. Agar web-sahifaga tashrif buyurayotgan mijozda kirish logini va paroli bo'lmasa, web- sahifa registratsiyadan (ro'yxatdan) o'tishni tavsiya etadi.
    5.Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web- sahifa registratsiyadan (ro'yxatdan) o'tish imkoniyatini ko'zda tutgan bo'lishi shart. Agar web-sahifa ommabop bo'lsa (internet-magazin yoki elektron pochta xizmati kabi), barcha tashrifchilar alohida web- sahifa ko'rinishida tashkil etilgan ro'yxatdan o'tkazish sahifasida ro'yxatdan o'tadilar. Agar yopiq web-sahifa bo'lsa, u holda registratsiya uchun administratorga murojaat qilinadi.
    6.Web-sahifaga ruxsatni cheklashlardan foydalanilsa, u holda web- sahifa chiqish imkoniyatini ko'zda tutgan bo'ladi. Bu holda server dastur tashrifchisini «esdan» chiqaradi, ya'ni tashrifchini saytga kirganidagi foydalanilgan ma'lumotlar ro'yxatini, bog'lanishlami, login va parolini o'chiradi.
    7.Ommabop qidiruv tizimlari ruxsatni cheklashni ko'zda tutmaydi.
    Quyida interaktiv web-sahifa ko'rinishida tashkil etilgan himoya-
    lanmagan test o'tkazish sahifasining HTML-hu]jati aks ettirilgan:
    Bu interaktiv web-sahifani hosil qilishda HTML tili ichida JavaScript elementlari qo'llanilgan. Bu elementlarni qisqacha quyida­gicha izohlash mumkin.
    teglari orasida yozilgan kodlar JavaScript kodlari deb tushuniladi;
    •function ball(testga) biz kiritgan funksiya bo'lib, ball - funksiya nomi, testga — forma nomiga bog'lanishdir;
    •funksiyada testlarga berilgan to'g'ri va noto'g'ri javoblarni hisobga olib borish uchun hisob nomli butun qiymatli o'zgaruvchi kiritilgan bo'lib, u to'g'ri javob tanlanganda bittaga ortadi (hisob++), to'g'ri
    •k-test savoli uchun kiritilgan ak[0..3] butun qiymatli massivning i-indeksi «ak» nomli test savolining (i+1)-qiymatli (value=i+l) javobiga mos qo'yilgan;
    •if (testga.ak[j].checked) {hisob++;} shart tekshiruvchi operator testga nomli formaning k-testidan to'g'ri (j+ l)-javob tanlanganda «rost» qiymat qabul qiladi va hisobni bittaga oshiradi (hisob++);
    •if (testga.ak[j].checked) {hisob—;} shart tekshiruvchi operator testga nomli formaning k-testidan noto'g'ri (j+l)~javob tanlanganda «yolg'on» qiymat qabul qiladi va hisobni bittaga kamaytiradi (hisob—);
    •if (hisob>=6 ) {alert("Balingiz 6");} shart tekshiruvchi operator agar hisob qiymati 6 dan kichik bo'lmasa "rost" qiymat qabul qiladi va e'lon qilingan chaqiruvga binoan ekranga chiqadigan «Balingiz 6» yozuvi joylashtirilgan oyna tayyorlaydi;
    •hisob>=5 && hisob<6 sharti 5< hisob < 6 shartiga teng kuchli (&& mantiqiy amali AND mantiqiy amaliga teng kuchli);
    sichqoncha ko'rsatkichi yordamida "Natijani ko'rish" tugmasi tanlanganda (onclick) ball funksiyasiga murojaat qiladi va shu forma ma'lumotlari asosida chaqiruv e'lon qiladi;

    tegi matnni yangi abzasda chap tomondan 100 piksel joy qoldirib ekranga chiqaradi;

    tegi ekranda gorizontal to'g'ri chiziq chizadi.
    Yuqoridagi HTML-hujjatni yozib, mos web-sahifada ishlab
    ko'rishni mustaqil ish sifatida qoldiramiz. Ko'rib turganingizdek, HTML
    tili va JavaScript ssenariylar tili birgalikda web-sahifani «jonlantirar» ekan. Shuning uchun faqat HTML tilini o'rganish bilangina cheklanib qolmang.



    Download 1,92 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash. Vosita

    Download 1,92 Mb.