• O’tilgan mavzuni takrorlash
  • Yangi mavzu bayoni
  • Model
  • matematik model
  • Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Download 1,92 Mb.
    bet6/145
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #156614
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
    Bog'liq
    1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

    Darsning borishi va vaqt taqsimoti






    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    14 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa



    O’tilgan mavzuni takrorlash:

    1.Kompyuterda masala yechish bosqichlari nechta?


    2.Nima uchun olingan natija tahlil etiladi?
    3.Kalkulyatorda hisob-kitob ishlari bajarilganda qanday xatoliklar yuzaga keladi?
    4.23 + 46-3—24:3 arifmetik ifodani hisoblash uchun amallarning bajarish ketma-ketligini aniqlang.
    Yangi mavzu bayoni

    Bizni qiziqtirayotgan va o'rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo'ladi. Bir turdagi o'rganilayotgan obyektlar o'zining xususiyatlari — tavsifiga ega bo'ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o'rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vinchester sig'imi, tezkor xotira (RAM) sig'imi, videoxotira sig'imi bo'lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium IV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig'imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig'imi 1 Gbayt, videoxotira sig'imi 512 Mbayt.


    Agar o'rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo'lsa:



    Sayyoralar tavsifi

    shakli

    og'irligi

    radiusi

    aylanish tezligi

    Yer uchun tavsif qiymat

    sharsimon

    5976-1021 kg

    6378 km

    30 km/sek

    Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o'rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaq- moqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to'g'ridan-to'g'ri o'rganishning iloji bo'lmasa, ikkin- chi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to'liq javob berishi kerak bo'ladi.




    Model — haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob beradigan nusxasidir.

    Model so'zi (lotincha modulus — o'lchov, me'yor) sizga samolyot- sozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to'garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modeUariga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo'lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo'lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo'lib siz bilgan o'yinchoqlar; chaqmoqning modeli bo'lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandlash elektrodining yonishi; insonning modeli bo'lib uning hujayrasi yoki qo'g'irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo'lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi.


    Haqiqiy obyekt va uning modeli o'tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo'lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo'ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o'rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar — samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko'riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo'lib xizmat qiladi.


    O'rganilayotgan obyekt tavsiflarining matematik munosabatlar, belgilar va bog'lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi.


    O'rganilayotgan obyektning matematik munosabatlar va belgilar orqali ifodalanish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.
    Awalgi darsda ко'rib o'tilgan kitob sahifasidagi satrlar sonini topish masalasi kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalash jarayoni matematik model­lashtirish, mos tenglama esa masalaning matematik modeli bo'lar ekan. Shuningdek, Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik model bo'ladi.
    Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va fizika fanlarida qo'llanib kelingan. Misol sifatida Neptun say- yorasining kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran sayyorasining g'ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o'sha paytgacha noma'lum bo'lgan sayyorasi sababchi ekanligini matematik isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko'rsat- malariga asoslanib nemis astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan.
    Abstrakt modellar o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.
    Matematik modellar obyektning tuzilishi va o'zaro bog'lanish qonimiyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik- mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga avvalgi darslarda misollar ko'rib o'tildi.
    Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo'llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakUanishini ko'rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste'mol, ish bilan bandlik, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining o'zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo'llaniladi. Mustaqil O'zbekistonning 5 tamoyil asosida bozor iqtisodiyotiga o'tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi (bu tamoyiUarni yodga oling!).
    Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo'ladi, lekin undan miqdor (o'lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin.
    Biologik model esa turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Masalan, zararli virusni halok etadigan dorini tekshirish uchun insonning o'zida emas, balki uning oz miqdordagi qonidan olib, shu qonida sinab ko'rilishi yetarli bo'ladi.



    Download 1,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning borishi va vaqt taqsimoti

    Download 1,92 Mb.