• CHIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLAR” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
  • 2. CHIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLARNI FAN VA TEXNIKADAGI ROLI.
  • 3. ChIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLAR ASOSIY USULLARI VA TEXNIK VOSITALARI.
  • 4. ChIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHALR NI LABARATORIYA VA AMALIY MASHGʻULOTLARI.
  • 1 – ma’ruza ”chiziqli va burchakli o‘lchashlar” faniga kirish




    Download 21,4 Kb.
    Sana03.02.2024
    Hajmi21,4 Kb.
    #151105
    Bog'liq
    1 mavzu


    1 – MA’RUZA
    CHIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLAR” FANIGA KIRISH
    Reja:

    1. ”Chiziqli va burchakli o‘lchashlar” fanining maqsad va vazifalari.

    2. Chiziqli va burchakli o‘lchashlarni fan va texnikadagi roli.

    3. CHBO‘ asosiy usullari va texnik vositalari.

    4. CHBO‘ ni labaratoriya va amaliy mashg‘ulotlari.

    Kalit so‘zlar:
    Chiziqli o‘lchashlar, burchakli o‘lchashlar, mexanik usullar, elektromagnit usullar, elektrik usullar.
    Nazorat savollari:

    1. CHBO‘ ning maqsad va vazifalari.

    2. Chiziqli va burchakli o‘lchashlarni roli.

    3. CHBO‘ asosiy usullari va vositalari.

    4. Laboratoriya ishlari ro‘yxati.



    1. CHIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLAR” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.

    “Chiziqli va burchakli o‘lchashlar” kursi quyidagi fanlar bilan bog‘liq:


    Fizika, fizikaviy asoslar, metrologiya, elektro‘lchashlar, o‘lchash vositalari va ularni usullari.
    ”Chiziqli va burchak o‘lchashlar” kursining masalalariga qarab quyidagi talablarni o‘rganib va quyidagi yo‘nalishda o‘zlashtirish lozim:
    a) Chiziqli va burchak o‘lchashlarning fan va texnikadagi roli
    b) CHBO‘ ning asosiy texnika vositalari va usullari bilan tanishish
    v) CHBO‘ da metrologik ta’minot savollarini o‘rganish
    g) CHBO‘ kelajakdagi taraqqiyoti bilan tanishish

    2. CHIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLARNI FAN VA TEXNIKADAGI ROLI.
    Sanoat rivojlanishi va ilmiy tadqiqotlar uchun CHBO‘ keng qo‘llaniladi.
    Bu mashinasozlik geodeziya gidromilioratsiya, harbiy ishlarda va hakozolarda qo‘llaniladi. Masalan, mashinasozlikda chiziqli burchakli o‘lchashlar 80 – 85 % gi tashkil etadi. Chiziqli va burchakli o‘lchashlar juda keng ish diapazonida 10-10 dan 1020 m gacha o‘lchashi mumkin. Chiziqli o‘lchashlar va burchaklar o‘lchovlar esa 0360° va 2 radian o‘lchashi mumkin. Juda kichik qiymatlarni yoki uzunliklarni 10-10 m va yupqa plenkalarning qalinligini o‘lchashda, hamda fizikadagi har xil zarrachalarni tekshirishda va boshqa fanlarda ishlatilishi mumkin. Mashinasozlikdagi detallarning o‘lchamlari, teshiklarni, buyumlarning qalinligi va boshqalarning tuzilishini o‘lchaydi. Chiziqli va burchakli o‘lchashlar gidromilioratsiyada esa balandliklarni aniqlashda, kanallarda past – balandliklar darajadagi aniqlikni o‘lchashda, to‘g‘onlarda va suv omborlarida ishlatiladi.
    Chiziqli va burchakli o‘lchashlarning roli juda yuqori, shuning uchun uning aniqligi har xil sohalarda (oshirish) kengaytirish lozim.
    3. ChIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHLAR ASOSIY USULLARI VA TEXNIK VOSITALARI.
    Chiziqli va burchak o‘lchoashlari ko‘plab (har xil) usullar bilan o‘lchanadi, bularga mexanik, elektr o‘lchashlar, elektromagnit, elektrostatik, optoelektron va boshqalar kiradi.
    Mexanik usul quyidagi asboblar orqali qo‘llaniladi: masshtabli chizg‘ich (santimetrli yoki millimetrli bo‘linmalari bilan) mikrometrlar orqali kam qo‘llaniladi va 0.01 dan 0.05 mm gacha o‘lchay oladi.
    Chiziqli nonius usuli keng qo‘llaniladi. Bu shtangensirkuldagi uncha katta bo‘lmagan qo‘shimcha shkala bo‘lib, uning bo‘lim qiymatlari 0.1: 0.05: 0.02 mm ga teng. Burchaklarni o‘lchash uchun burchakli nonius usuli ishlatiladi – bunda yoysimon chizg‘ich aylanasimon masshtab bo‘yicha harakatlanib, burchakni o‘lchab boradi.
    Aniq o‘lchashlar uchun mikrometrik vint (mikrometr) ishlatiladi, uni vinti ham juda kichik, ham juda aniq ishlangan bo‘ladi. Vintni yurish qadami 1 yoki 0.5 mm ni tashkil etadi, asbob shkalasida 50 yoki 25 bo‘lim mavjud bo‘ladi.
    Mexanik usullardan tashqari ishlash prinsipi qarshilik, sig‘im va induktivlikni o‘zgarishiga asoslangan elektrik usullardan ham keng foydalaniladi. Elektromagnit usul magnit o‘tkazgichda magnit oqimi taqsimlanishi o‘zgarishiga asoslangan. Optoelektron usul yorug‘lik oqimining tarqalishiga va yorug‘lik qabul qilgich datchik ma’lumotining o‘zgarishiga asoslangan.
    4. ChIZIQLI VA BURCHAKLI O‘LCHASHALR NI LABARATORIYA VA AMALIY MASHGʻULOTLARI.
    Chiziqli va burchakli o‘lchashlarni o‘rganish mobaynida talabalar quyidagi mavzular bo‘yicha tajriba ishlarini bajaradilar:
    1. Chiziqli va burchakli o‘lchashlar uchun mexanik asboblar
    2. Chiziqli va burchakli o‘lchashlar uchun elektromagnit asboblar
    3. Chiziqli va burchakli siljishlar uchun potensiometrik o‘zgartkichlar.
    4. Chiziqli siljishlarning optoelektron o‘zgartkichi.
    Download 21,4 Kb.




    Download 21,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – ma’ruza ”chiziqli va burchakli o‘lchashlar” faniga kirish

    Download 21,4 Kb.