• Atrof-muhit
  • 1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati




    Download 392,28 Kb.
    bet4/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Hayot faoliyat bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
    Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
    Atrof-muhit bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
    Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo`ldi.
    Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir.
    Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan.

    Download 392,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati

    Download 392,28 Kb.