• Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
  • Avariya holatlarda xavfsizlik talablari
  • Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari




    Download 392,28 Kb.
    bet2/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari


    Barcha nazarda tutilgan himoya vositalari va o`t o`chirgichlarni mavjudligi va yaroqligini tekshiring.


    Ish joyida elektr qurilmalarni ajratib ulagichiga va tajriba xonasidagi umum elektro rubilnikka ( elektro ajratgichga) ulanishga imkon bor-yo`qligini tekshiring .
    Ishga aloqador bo`lmagan asboblar va ish joyidagi ortiqcha predmetlarni yig’ishtirib olinganligini tekshiring .


    Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari


    Darsda o`qituvchining topshirig’ini yoki tajriba (eksperiment) dasturida ko`zga tutilgan ishlarni bajarish lozim.


    Faqatgina soz tajriba qurilmasi, o`lchov asboblari va uskunalar bilan ishlashga ruxsat
    etiladi.
    Elektr sxemalarini yig’ish (o`rnatish) faqat belgilangan elektr jihozlarida o`tkaziladi.
    Tok o`tkazuvchi simlarni ulashda (biriktirishda) uning sirti ishonchli izolyatsiyalangan (himoyalangan), ularning uchlari yaxshi (mustahkam) kavsharlangan bo`lishi shart .
    Elektr jihozlar erga ulangan yoki nol o`tkazgichga ulangan taqdirdagina ularga kuchlanishni uzatish mumkin.
    Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun qo`l bilan klemmaga ( o`tkazgich) va boshqa tok o`tkazuvchi detalarga tegish taqiqlanadi.
    Faza-nol’ tugunlarida qarshilikni o`lchash dielektrik qo`lqopda, rezina gilamchada yoki dielektrik botilarda o`tkaziladi.
    Agarda asboblar , jihozlar ishlayotganida biror-bir nosozliklar vujudga kelsa, tezda ular o`chiriladi (ishdan to`xtatiladi).
    Tajriba xonasidagi ko`rgazmali boksni ya`ni idishni havo-mexanik ko`pik mahsulotlari bilan ¾ hajmdan ko`p bo`lmagan holda to`ldirish talab qilinadi.
    Tajriba xonasidagi ish joyida yong’in chiqadigan holatni vujudga kelishini oldinini olish uchun chekish , ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. YOng’inni o`chirish jarayonini tadqiq etish uchun tajriba xonasidan tashqarida ochiq maydonlarda o`tkazish tavsiya etiladi.


    Avariya holatlarda xavfsizlik talablari


    Elektr qurilmasining qobig’iga kuchlanish paydo bo`lganligi sezilsa, tezda uni tokdan ajratish lozim . Bu to`g’rida esa o`qituvchiga tezda xabar berish talab qilinadi .


    YOnish o`chog’idagi olovni o`chirishda o`t o`chirish vositasi ishlamay qolgan holatda, tezda olovni o`chirish yonish kamerasini qopqog’ini bekitish bilan amalga oshiriladi.
    Baxtsiz xodisa sodir bo`lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.



    Download 392,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

    Download 392,28 Kb.