• Tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan (YQB) fikr yuritish usuli
  • 1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati




    Download 392,28 Kb.
    bet14/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Tavakkalni tasniflash. «T»ni baholashda uni «foyda» bilan solishtirish ya`ni, odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligining kirgizilishi taklif qilindi. Ko`p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo`q. Lekin, odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra, odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 million dollargacha baholanar ekan.

    Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo`lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi to`rt yo`li mavjud:


    1. Muhandislik yo`li statistikaga, takrorlanishlarni hisoblashga, xavfsizlikning taxminiy tahliliga, «xavflar daraxti» qurishga asoslanadi.

    2. Modellash yo`li (andozalash) odamga, guruhga, kasbga ta`sir qiluvchi omillar modelini qurishga asoslangan va h.k. Bu yo`l bilan hisoblashga ma`lumotlar topish ancha qiyin.

    3. ekspert (tekshirish) yo`li ma`lumotlarni ekspertlardan (mutaxassislardan) so`rab yig’ishga asoslangan.

    4. Ijtimoiy yo`l odamlardan so`rab surishtirib, aniq xulosa chiqarishga asoslangan.

    Bu yo`llar «T»ni har xil nuqtai nazardan tavsiflaydi, shuning uchun hammasi birga qo`llaniladi.
    Tavakkalning yo`l qo`ysa bo`ladigan (YQB) fikr yuritish usuli xavfsizlik texnikasi, mutlaq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo bunday holatni (ya`ni, T=0) yaratib berish amalda mumkin emas. SHuning uchun yo`l qo`ysa bo`ladigan (YQB) «T» ning fikr yuritish usuli qabul qilinadi. «T» o`z ishiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni oladi. «T»da ayrim murosalarga borishga to`g’ri keladi.
    Ma`lumki, texnik tizimning xavfsizligini ko`tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlar cheksiz emas. Agar xavfsizlikka qancha ko`p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam xarajat qilishga to`g’ri keladi.
    Tavakkalning YQB mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoy va texnik mablag’lar ma`lum mutanosiblikka ega (2.1.-rasm). Tavakkalni tanlashda uni hisobga olish kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
    Jahonning ayrim mamlakatlarida, masalan, Gollandiyada tavakkalning YQB qiymati qonuniy asosda belgilangan. O`lim hodisalarining maksimal YQB darajasi bir yilda 10-6 deb olingan. Odatda, tavakkalning YQB mintaqasi 10-8 bo`lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi.
    Tavakkalning YQB mintaqasi tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to`liq amalga oshirilmagan. Bundan tashqari ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtai nazaridan

    ҳалокатлар
    yiroqdir. Haqiqatda esa, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning YQB mintaqasi usuli 2-3 daraja jiddiy sanaladi.

    2.1.-rasm. Tavakkalning YQB mintaqasi aniqlash sxemasi.





    Download 392,28 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati

    Download 392,28 Kb.