• Xavflarni o`rganish tartibi
  • 1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati




    Download 392,28 Kb.
    bet11/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Xavfsizlik – bu ob`ektning shunday himoyaki, bunda unga ta`sir etuvchi barcha moddalar oqimlari, energiyalari va informatsiyalari maksimal ruxsat etiladigan miqdordan oshmaydi.
    Tabiiy ofatlar butun davlat uchun halokatli hisoblanadi. Tabiiy ofatlar natijasida ko`plab odamlar halok bo`ladi, moddiy boyliklar nobud bo`ladi, aholi turar joylari, sanoat korxonalari va boshqalar vayron bo`ladi. Bundan tashqari tabiiy ofatlar ta`sirida inson yashashi uchun noqulay, antisanitar-gigienik shart-sharoitlar vujudga kelib, ular turli xil yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
    Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
    Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
    Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo`ladi (2.2.-rasm).
    Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
    Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo`lishi mumkin.
    Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan,
    «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».



    2.2.-rasm. «Xavflar daraxti»ning sxemasi.


    Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam tariqasida o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu erda yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu tizimning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.


    Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
    Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O`z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga o`xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash lozim.

    Download 392,28 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati

    Download 392,28 Kb.