|
1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati
|
bet | 13/36 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 392,28 Kb. | | #273464 |
Bog'liq NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi Ishdan maqsad: Tavakkal va uning turlari, aniqlashni o`rganish
Mashgulot rejasi:
Tavakkal nazariyasi, Tavakkalning turlari.
Tavakkalni tasniflash, tavakkalni aniqlash.
Tavakkalni boshqarish.
Tavakkal nazariyasi. 1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo`lib o`tgan birinchi jahon kongressida hayot faoliyati xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o`z ma`ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo`lladilar va bu tushunchani har bir olim o`zicha talqin qildi. Masalan, V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi. Miqdoriy baho kungilsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo`lib o`tgan sonining bo`lishi mumkin bo`lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin savoliga javob berish kerak.
Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo`ladi: shaxsiy «tavakkal»- ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko`pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo`yicha hech qanday ma`lumot yo`q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat tarmoqlari, xavf turlari bo`yicha to`liq ma`lumotlar mavjud.
Jamoat «tavakkali» xavfni sub`ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda ko`pchilik kam uchraydigan va ko`p qurbon bo`lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o`rta hisobda 200-250 kishi halok bo`ladi. Ammo bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo`lgani oldingi ma`lumotlardan ko`ra odamlarga ko`proq
ta`sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo`lgan «tavakkal» masalasi ko`rilganda hisobga olish lozim.
Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo`llash boshqa usullarga qaraganda ko`proq to`g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o`lim bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:
Yo`l transporti hodisasidan-3 10-4 .
Zaharlanishdan - 2 10-5.
YOng’indan kuyish - 4 10-5.
Elektr tokidan - 6 10-5.
YAshindan - 5 10-7.
Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 1 10-5. 7. Umumiy «T» - 6 10-4.
8. Boshqalar - 4 10-5.
|
| |