• Mashgulotning maqsadi
  • Mashgulotning
  • 1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati




    Download 392,28 Kb.
    bet15/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko`tarish, xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag’ni 3 yo`nalishda sarflash kerak:
    -ishlab chiqarishning texnik tizimlarini va ish ob`ektlarini takomillashtirish;
    -malakali ishchilarni tayyorlashga;
    -favqulodda oqibatlarni yo`qotishga;
    Sarflarni bular orasida qanday bo`lishini rejalashtirish uchun chuqur tekshirishlar o`tkazish lozim, unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda texnik, ma`muriy, tashkiliy yo`llarga iqtisodiy usul ham qo`shiladi.


    4 – mavzu. Turli tizimlarni dekompozitsiyalashni, xavfsizlikni tizimiy tahlil qilishni va loyihalash


    Mashgulotning_maqsadi'>Mashgulotning maqsadi: Xavfsizlikni va baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari bilan tanishish va jarohatlanish ko`rsatkichlarini aniqlash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.


    Mashgulot rejasi:

    1. Xavfsizlikni tahlil qilish uslublari baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari,

    2. Jarohatlanish ko`rsatkichlarini aniqlash uslubi,

    3. Xavfsizlikni loyihalash,



    Mashgulotning mazmuni
    1. Xavfsizlikni tahlil qilish uslublari
    Xavfsizlik sistemasini ikki xil, ya`ni aprior va aposterior usublar bilan tahlil qilish mumkin.
    Aprior uslub. Bu uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan sistemadagi mavjud xavfli omil ta`sirida kelib chiqishi ehtimol qilingan baxsiz hodisani va ushbu hodisa ta`sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma-ketligini o`rganadi yoki ushbu ko`ngilsiz hodisaga olib
    keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi.
    Aposterior uslub. Ushbu uslub faoliyat amalga oshgach ya`ni, hodisa sodir bo`lgach bajariladi. Bunda ushbu ko`ngilsiz hodisaning oqibatlari asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo`yicha kelajakda bajarilishi lozim bo`lgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
    Bu ikkala uslub mos xolda to`gri va teskari uslub ham deb yuritiladi.
    To`g’ri uslubda ko`ngilsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari o`rganilib, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz xodisalar oldindan taxlil qilinadi.
    Teskari uslubda esa sodir bo`lgan ko`ngilsiz hodisalaya`ni baxtsiz hodis^ar o`rganilib, uning sabablari aniqlanadi va bartaraf etish tadbirlari ishlab chiqiladi.
    Xavfsizlikni tahlil qilishdagi asosiy muammolardan biri uning asosiy ko`rsatkichlarini va sistemaning chegarasini tugri belgilashdan iboratdir. Agar sistema juda qisqa tarzda tahlil qilinsa, ayrim xavfli holatlar e`tibordan chetda qolishi va natijada turli xil baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin. SHuningdek, agar sistema juda keng qabul qilinsa, tahlil natijasida noaniqliklar, chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. SHu sababli, tahlil chegarasini aniqlashdan oldin tahlilning aniq maqsadi belgilanishi zarur. Umumiy qilib aytganda, tahlil asosida ishlab chikilgan iqtisodiy, texnik, tashkiliy, sanitar-gigienik va boshqa turdagi barcha tadbirlar ushbu sistemada yuz berishi mumkin bo`lgan xavflarni to`lik oldini olish, ya`ni baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini bartaraf etilishini ta`minlashi zarur.

    Download 392,28 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati

    Download 392,28 Kb.