|
1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati
|
bet | 1/36 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 392,28 Kb. | | #273464 |
Bog'liq NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR VA GEOGRAFIYA FAKUL’TETI
Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan
AMALIY MASHG’ULOTLAR
uchun ishlanmalar
IMOMOV OTABEK
Namangan - 2014
Amaliy mashg’ulotlari uchun yaratilgan ushbu ishlanmalar, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 26 – dekabrdagi
507 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Toshkent davlat texnika universitetida yaratilgan “Hayot faoliyati xafsizligi fani”dan namunaviy fan dasturi asosida, Nam DU Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida yaratilgan ishchi o`quv dasturi rejasiga asosan tayyorlandi.
Ishlanmalar turli yo`nalish bakalavriat ta`lim bosqichi uchun 3 – semestrda o`tiladigan amaliy mashg’ulotlar uchun mo`ljallangan hamda NamDU Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining 2014 yil 26 avgustdagi 1
– sonli yig’ilishida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.
Tuzuvchi o’qt. O.N. Imomov Tarizchi: dots. A.N. Aripov
TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK
QOIDALARI
Tajriba ishlarini bajarishda tajriba xonasidagi ish joylarida mehnat muhofazasi bo`yicha yo`l- yo`riqlardan o`tgandan keyingina ukuvchilarga mustaqil mashg’ulotlarni bajarishga ruxsat etiladi. Yo`l- yo`riqlardan o`tganligi to`g’risida o`quvchi va yo`l- yo`riqni o`tkazuvchi shaxs “yo`l- yo`riqdan o`tganligi to`g’risida qaydnoma daftari”ga qayd etilishi va imzolanishi shart .
Navbatdagi tajriba ishini bajarishda o`quvchi jihozlarni, asboblarni tuzilishi va ulardan foydalanish bilan tanishib, ishni bajarishga huquq beruvchi bilimlari bo`yicha nazoratdan o`tgandan keyingina kirishishi mumkin .
Tajriba qurilmasida ishlaganda quyidagi havfli va zararli ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin: elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta`minlanishi, havoning changlanishi, zaharli gazlarni ajralishi, to`g’ridan-to`g’ri tushuvchi yorug’lik bilan ko`zni ko`rishiga zararli ta`sir etishi, yuqori sathli shovqin , ochiq alanga va boshqalar .
Tajriba qurilmalari va tajriba xonasida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini xavfsiz ko`rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya vositalarini ko`zda tutish lozim bo`ladi: nol o`tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o`chirish , chang, gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetizatsiyalash) va yong’inga qarshi kurash texnik vositalari, so`ruvchi umum havo almashtiruvchi shamolatgich, yorug’likdan himoya ekrani, tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi) shovqin kamerasi .
Tajriba xonasida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun dori quttisi (aptechka) bilan ta`minlangan (jihozlangan) bo`lishi, tajriba xonasining har 50 m2 maydoni hisobidan birta o`t o`chirgich OU-5 bo`lishi lozim, xonaga avtomatik yong’in xabarchilari o`rnatilgan bo`lishi kerak .
Baxtsiz xodisa sodir bo`lganda o`quvchi jabrlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart .
Mehnat muhofazasi qoidalarini buzulganiga o`quvchi (talaba) javobgardir .
|
| |