• 6 – mavzu. Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy himoyalanish vositalaridan foydalanish
  • Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar
  • 1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati




    Download 392,28 Kb.
    bet19/36
    Sana04.10.2024
    Hajmi392,28 Kb.
    #273464
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi

    Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta`sir etadigan omillar majmui.
    SHaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. SHaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko`zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
    Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.
    Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsenratsiya (daraja, miqdor).


    6 – mavzu. Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy himoyalanish vositalaridan foydalanish


    Mashgulotning maqsadi: Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy himoyalanish vositalaridan foydalanish haqida ko`nikmalar hosil qilish.
    Mashgulot rejasi:

    1. Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar

    2. SHaxsiy va ommaviy himoya vositalari



      1. Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar


    Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo`lmaydi.
    Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo`ladi.
    Aktiv himoya xavfli omil hosil bo`lishini yo`qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo`naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta`sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o`z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo`lmasligi uchun sharoit yaratish bilan erishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruktsiyalarini yaxshilash orqali ta`minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to`laligicha ta`min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko`z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo`llanilishini taqoza etadi.
    Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlash kerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo`lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo`lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta`siri to`xtamaguncha o`zini ishchi holatini to`xtatmasligi kerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruktsiyasi shunday bo`lishi kerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to`xtamasligi va qo`shimcha xavf tug’dirmasligi kerak.
    Himoya vositalari unga texnik xizmat ko`rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo`lishi kerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta`minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to`siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta`minlanadi.

    Download 392,28 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




    Download 392,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati

    Download 392,28 Kb.