|
1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati
|
bet | 20/36 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 392,28 Kb. | | #273464 |
Bog'liq NamDU-ARM-1949-Hayot faoliyati xafsizligi To`siq qurilmalari. To`siq qurilmalari o`zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyatsiya qilishda juda keng qo`llaniladi. To`siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo`lib, insonni qanday harakat qilishidan qat`iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To`siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilidan himoya qiladi. Zarur hollarda to`siq qurilmalari ish joylarini changlanish va gazlanishini oldini oladi. To`siq qurilmalari konstruktiv formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik bo`lishi mumkin. Doimiy to`siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va boshqalarini ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Doimiy to`siq qurilmalar qo`zg’aluvchan yoki qo`zg’almas ko`rinishlarda tayyorlanadi. Qo`zg’almas to`siqlar mexanizmlar ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi va ular mexanizmlarga texnik xizmat yoki ta`mir ishlari o`tkazilayotganda mexanizmlar ishlayotganda, xavf bo`lmaganda olib qo`yilishi mumkin. Bunday to`siqlar konstruktsiyaga ko`ra qo`zg’almas to`siqlarni o`rnatish mumkin bo`lmagan hollarda qo`llaniladi.
Ayrim mexanizmlarda, qurilmalarda jumladan mashinalarda uzatish tasmalari va zanjirlarida to`siq panjaralari sharikli mahkamlangan bo`ladi.
Vaqtinchalik to`siqlar ishlab chiqarishda asosan qo`zg’aluvchan ishlarda foydalaniladi. Vaqtinchalik to`siq qurilmalari sifatida olib yuriladigan panjaralar, engil yog’och devorlar va boshqalardan foydalaniladi. Bunday tipdagi qurilmalarga misol sifatida elektr payvandi ish joyini to`siqlari, chuqurliklarni (quduq, transheya) to`siqlari va boshqalarni keltirish mumkin. To`siq qurilmalarini konstruktsiyalari uskuna va texnollogik jarayonlar xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Ular qattiq karkasdagi quyma yoki payvandlangan, panjara, shitlar, to`rlar
ko`rinishida tayyorlanishi mumkin. Mexanizmlarda kuzatishni talab etmaydigan xavfli zonalarda to`siqlar butun metallardan, plastmassadan, yog’ochlardan tayyorlanishi mumkin. Agar to`siq orqasidagi uskunalarni yig’ma birliklari yoki detallarini tuzatish talab etilsa to`siqlar panjara, turlar yoki shaffof (organik shisha, tribleks va boshqalar) materiallar ko`rinishda tayyorlanadi.
Ma`lum diametrdagi D teshiklari bo`lgan to`siq quyidagi talabni qondirishi kerak. x60 da d x /10; x 60 da d 6.ш9
bu erda d-teshik diametri, mm; x-harakatlanayotgan yoki issiq detallardan to`siqkacha bo`lgan masofa, mm.
Panjarasimon yoki tursimon to`siqlarning teshiklari yoki ochiq joylarining o`lchamlari to`siq bilan xavf manbai orasidagi masofaga bog’liq bo`ladi.
Tik, butun to`siqlar uchun uni xavfli uskunadan qanday masofada joylashishi kerakliligini bilish muhimdir. Bunday hollarda kerakli minimal masofa qo`yiladi (16.3.-rasm) va (16.1.-jadval) dan aniqlanadi.
Ishlov berilayotgan detallardan otilayotgan zarra va qipiqlarni kuchiga bardosh berish uchun to`siqlar etarli darajada mustahkam bo`lishi kerak.
16.3.-rasm. To`siq balandligini tanlash.
To`siqlarni mustahkamlik sharti quyidagicha bo`ladi.
mv2 b]2 LSg/9E (16.2.)
bu erda m-otilayotgan zarralar massasi, kg; v-zarraning tezligi, m/s; (b)-to`siq moddiyini egilishiga ruxsat etilgan kuchlanishi, N/m2; L-to`siqni uzunligi, m; S-to`siq moddiyining kun dalang kesimi, m2; g-erkin tushish tezlanishi, m/s2; E-to`siq moddiyining qayishqoqlik modeli, n/m2.
|
| |