• Materiallar hisobi 2. Materiallarning turkumlanishi
  • 1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»




    Download 353 Kb.
    bet17/67
    Sana29.01.2024
    Hajmi353 Kb.
    #147810
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
    Bog'liq
    Korxona iqtisodiyoti maruza matn

    Nazorat savollari:

    1. Ish haqi fondi nimalarga asoslanib hisoblab chiqariladi?

    2. Shtatlar jadvali deganda nimani tushunasiz?

    3. Kartochka ma`lumotnoma haqida tushuncha bering?

    11 – Mavzu Materiallar va ehtiyot qismlarga bo`ladigan talab va xarajatlarni hisoblash.
    Reja
    1. Materiallar hisobi
    2. Materiallarning turkumlanishi

    Korxonalarning ishlab chiqarish zaxiralariga ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlari kiradi. Ular har bir ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi va o‘z qiymatini to‘la ravishda yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazadi.


    Materiallarning buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan:

    • ishlab chiqarish zaxiralarini saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatish;

    • ombordagi mavjud ishlab chiqarish zaxiralarining belgilangan me’yoridan oshmayotganligini nazorat qilish ;

    • ishlab chiqarish zaxiralarining kelib tushishi, saqlanishi va sarflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini xujjatlarda to‘gri rasmiylashtirish;

    • ishlab chiqarishga sarflanayotgan zaxiralarning belgilangan me’yorlariga amal qilishini va kalkulyatsiya ob’ektlari bo‘yicha to‘gri taqsimlashni nazorat qilish .

    Materiallar ham tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga kiradi. "Tovar-moddiy zaxiralar”deb nomlangan 4-sonli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartariga asosan, "Tovar-moddiy zaxiralar”- bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning quyidagi shakldagi aktivlaridan iborat:
    a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlatilishi ko‘zda tutilgan xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar , yoqilg‘i ehtiyot qismlar, boshqa materiallar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar;
    b) tugallanmagan ishlab chiqarish;
    v) xo‘jalik yurituvchi subektning oddiy faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot va tovarlar.
    Mavjud bo‘lgan tovarlarni moddiy zaxiralar tarkibiga kiritmaslik xollari. Inventarizatsiya qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish huquqi bo‘lmagan tovarlar topilishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan, u tomonidan to‘langan (ya’ni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo‘natishni kutayotgan tovarlardir. Ularni sotish jarayonini qayd qilish zarur. Moddiy zaxiralar tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir toifasi bu - konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya - bu komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorning o‘z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida joylashtirishidir. Konsignator bunday tovarlarni o‘zining moddiy zaxiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo‘natuvchi - konsignantning mulki hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni tovar-moddiy zaxiralar quyidagilardan eng kam qiymati bo‘yicha baholanadi:
    a) tannarx bo‘yicha;
    b) sof sotish qiymati bo‘yicha.
    Materiallar hisobini to‘gri tashkil qilishda ularni ilmiy asosda turkumlash muhim axamiyatga ega.
    Materiallarning ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: xom-ashyo va asosiy materiallar; yordam materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, chiqindilar (qaytarilgan), yoqilg‘i, tara va tara materiallari, ehtiyot qismlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar.
    Xom-ashyo va asosiy materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlaridir.
    Xom-ashyolarga qishloq xo‘jaligi va qazilma sanoatining mahsulotlari (don, paxta, sut, go‘sht, sabzavot mahsulotlari va boshqalar) kiradi. Materiallarga qayta ishlash sanoati mahsulotlari,- un, yog, yoqilg‘i moylash materiallari, qand va boshqalar kiradi.
    Yordam materiallar xom-ashyo va asosiy materiallarga qo‘shimcha ravishda foydalaniladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ma’lum darajada iste’mol xususiyatlarini beradi, shuningdek, mehnat vositalarini ta’mirlashda va ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun foydalaniladi.
    Shuni e’tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordam materiallarga bo‘lish shartli harakterga ega bo‘lib bir tarmoqda asosiy hisoblangan materiallar boshqa tarmoqlar uchun yordam material bo‘lishi mumkin.
    Sotib olingan yarim fabrikatlar- qayta ishlashning ma’lum bosqichini o‘tgan, lekin tayyor mahsulot holatiga yetmagan xom-ashyo va materiallardir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ular ham asosiy materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy asosini tashkil qiladi.
    Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqindilar- tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan xom-ashyo va materiallar, yarim fabrikatlar qayta ishlash jarayonidagi qoldiqlari.
    Yoqilg‘ilarni uchga bo‘lish mumkin,- texnologik yoqilg‘ilar, dvigatel va xo‘jalik yoqilg‘ilari. Texnologik yoqilg‘ilar texnologik maqsadlar uchun foydalaniladi. Dvigatel yoqilg‘ilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi. Xo‘jalik yoqilg‘ilari isitish uchun foydalaniladi.
    Tara va tara materiallari (korobkalar, koplar va boshqalar) tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, materiallar va boshqa narsalarni qadoqlash, transportirovka qilish va saqlash uchun foydalaniladi.
    Ehtiyot qismlar- mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash uchun ishlatiladi.
    Bundan tashqari ishlab chiqarish zaxiralari har bir turkumning ichida ham ma’lum belgilari va sifat ko‘rsatkichlariga qarab guruhlanadi. Masalan: Materiallarning yuqoridagi turkumlanishi ularning sintetik va analitik hisobini tashkil qilish uchun foydalaniladi.

    Download 353 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




    Download 353 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»

    Download 353 Kb.