|
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|
bet | 20/67 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 353 Kb. | | #147810 |
Bog'liq Korxona iqtisodiyoti maruza matnNazorat savollari
Transport vositalarining ish unumdorligi darajasi qanday hisoblanadi?
S.R.Leyderman chizmasida nimalar nazarda tutilgan?
14 – Mavzu: Bo`lim xarajatlari va iqtisodiy ko`rsatkichlar.
Reja:
1. Korxonaning iqtisodiy salohiyati tahlilini maqsadi, vazifalari va axborot manbalar.
2. Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili
Korxona iqtisodiy salohiyatining iqtisodiy tahlilda faqatgina buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashgan korxona tasarrufidagi moddiy boyliklarni (aktivlarni) tahlil qilish bilan chegaralanib qolish, uning iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida to‘liq xulosa qilish uchun yetarli emas ekan. Bu esa o‘z navbatida, korxonaning iqtisodiy ahvoliga to‘liq va batafsil baho berish uchun uning aktivlari bilan birgalikda mehnat resurslarini ham qo‘shgan holda tahlil qilishni taqozo qiladi.
Rejali iqtisodiyot sharoitida tahlilga oid adabiyotlarda korxonaning moddiy boyligini (resurslarini) va mehnat resurslarini barcha resurslar majmuasi sifatida qaralishi ko‘zda tutilgan edi. Ularning tahlili barcha boyliklar (resurslar) tahlili deb yuritilar edi. Ammo iqtisodiyotni erkinlashtirish tamoyiliga asoslangan bozor munosabatlari hukm surayotgan sharoitda iqtisodiy jarayonlar tarkibida moddiy va mehnat resurslari bilan birgalikda nomoddiy aktivlar (faollar) ham ishtirok etadi. Bularning tarkibiga mualliflik huquqi, potentlar, “Nau-xau”, savdo markasi, ruxsatnomalar (lisenziyalar) kabi tushunchalar qiymati kiradi. Bular moddiy bo‘lmasada korxonaga xuddi moddiy boyliklar singari ma'lum darajada foyda keltiradi. Ammo ularni korxonaning moddiy boyligiga (resursiga) kiritish mumkin emas, chunki ular shakli, mazmuni va mohiyati jihatidan nomoddiydir.
Endilikda korxonada iqtisodiy jarayonlarning sodir bo‘lishi va unga ma'lum darajada foyda keltirishi uchun moddiy (asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar) va mehnat resurslari bilan birgalikda nomoddiy faollar ham ishtirok etadi. Ularning jamlanmasini oldingidek moddiy va mehnat resurslari deb atash yetarli bo‘lmaydi, chunki ularning tarkibiga nomoddiy aktivlar kirmaydi. Shu tufayli ularni korxonaning iqtisodiy salohiyati (potensiali) deb atashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki bunda moddiy resurslar bilan birgalikda nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari to‘liq o‘z ifodasini topadi.
Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy salohiyati deganda unda sodir etilgan iqtisodiy jarayonni to‘liq ta'minlaydigan barcha moddiy va mehnat resurslari hamda nomoddiy faollar tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil aniq va amaliy fan bo‘lganligi tufayli undagi qo‘llanadigan barcha tushunchalar va ko‘rsatkichlarning nomi, mazmuni va qiymati mavhum bo‘lmasdan aniq, hisoblanadigan, ma'lum bir sohani o‘zida ifoda etadigan bo‘lishi lozim. Ushbu nazariy mulohaza bevosita korxonaning iqtisodiy salohiyatiga (potensialiga) ham tegishli. Shu tufayli uni baholashning ba'zi nazariy va metodologik jihatlariga, iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan, e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Korxonaning iqtisodiy salohiyatini (potensialini) (Kis) baholashda eng avvolo iqtisodiy tahlilning maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, uni qiymati va xarajati nuqtai nazaridan aniqlash lozim deb o‘ylaymiz. Ushbu ko‘rsatkichning to‘liq qiymatini baholashda asosan buxgalteriya balansi ma'lumotlaridan foydalaniladi. Bu uchun buxgalteriya balansidagi asosiy vosita (Av), aylanma mablag‘lar (Am) va nomoddiy aktivlarning (Na) umumiy summalarini hamda hisobkitob orqali aniqlangan ishchi va xizmatchilarning pulda ifodalangan qiymatini (Xq) olish mumkin.
Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy potensialini tahlil qilishda xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonida ishtirok etadigan barcha moddiy resurslar (asosiy va aylanma mablag‘lar), nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari birgalikda mushtarak holda o‘rganiladi. Moddiy resurslar va nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar buxgalteriya balansida ifodalanadi, ammo mehnat resurslari esa bu hisobot tarkibida ko‘rsatilmaydi.
Buxgalteriya balansida, ayniqsa, korxona iqtisodiy salohiyatini baholashda moddiy resurslar va nomoddiy aktivlar bilan birgalikda mehnat resurslari qiymatini ham inobatga olish lozim. Ammo bu ko‘rsatkich buxgalteriya balansida ko‘rsatilmaydi. Shu tufayli uning puldagi ifodasini topishni taqozo qiladi.
Hozirgi paytda mehnat resursining bahosini bemalol aniqlash uchun qonuniy asos yaratilgan. Chunki Respublikamizda oddiy ishchidan tortib to yetuk mutaxassisgacha ularni tayyorlash xarajati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bu xarajatlar xodimning birinchi boshlang‘ich «shartli bahosi» bo‘lib hisoblanadi. So‘ngra uning malakasini oshirish, qayta o‘qitish uchun xarajat qilinsa bular ham uning ushbu boshlang‘ich bahosiga qo‘shiladi. Bunday qilish zarurligining ikkinchi tomoni shundaki, hozir ko‘pchilik mutaxassislarni tayyorlash korxona hisobidan pul to‘lash evaziga amalga oshirilmoqda. Demak, korxona o‘qishni bitirgan talabani ishga qabul qilsa uning shu korxona uchun qiymati aniq. Masalan, xodim korxona hisobidan 4 yil o‘qigan. Birinchi yilda uning o‘qishi uchun 200, ming so‘m, ikkinchi yilda 250,0 ming so‘m, uchinchi yilda 280,0 ming so‘m va nihoyat to‘rtinchi yilda 300,0 ming so‘m pul tulagan deb faraz qilsak uning «shartli bahosi» 1030,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Agar xodimning o‘qishi davlat yoki shaxsiy hisobdan amalga oshirilsa u holda korxona mazkur xodimni ishga qabul qilish bilan ushbu xarajatga tenglashtirgan miqdorda uning shartli qiymatini belgilash mumkin. Bundan tashqari har yili davlat tomonidan diplom berilgan bakalavr, mutaxassis yoki magistrning «narxini» ham markazlashgan tarzda aniqlab e'lon qilib turishlari mumkin.
Xodimlarning umumiy qiymatini pulda ifodalash uchun qo‘yidagi amalni bajarish lozim. Birinchidan, barcha xodimlarni kategoriyalarga bo‘lib chiqadi. Har bir kategoriyadagi xodimlarni tayyorlashga ketgan qiymati aniqlanib shu kategoriya bo‘yicha ularning umumiy summasi topiladi. Ikkinchidan, har bir kategoriya bo‘yicha aniqlangan summalarni qo‘shib xodimlarning «shartli bahosini» ifodalaydigan jami summasini topishi mumkin. Bu uchun quyidagi matematik modelni qo‘llashni tavsiya qilamiz:
Iqtisodiy tahlilning maqsadi va asosiy vazifalaridan biri tahlil qilinayotgan ob'ekt yoki kategoriyani to‘g‘ri va batafsil baholash uchun uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishdan hamda ularni nazariy va metodologik jihatdan asoslashdan iboratdir.
Korxonaning iqtisodiy salohiyati bu keng qamrovli va teran tushuncha. Uning holati va undan foydalanish darajasi to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish uchun albatta ko‘rsatkichlar tizimidan (sistemasidan) foydalanish lozim. Ammo ko‘rsatkichlar sonining ko‘pligi yoki ozligiga qarab o‘rganilayotgan ob'ekt yoki kategoriyani baholash uchun yetarli yoki kam degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Shu tufayli ko‘rsatkichlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish lozim.
Ko‘rsatkichlar haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, eng avvolo ularni ilmiy asoslangan holda tasniflash lozim. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar juda ko‘p belgilari bilan tasniflanadi.
Korxonani moliyaviy salohiyati tahlili Korxona iqtisodiy salohiyati (potensiali) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga, ta'kidlanganidek, quyidagilar kiradi.
-iqtisodiy salohiyatning natijaviyligi (Isa);
-iqtisodiy salohiyatning daromadligi (Isd);
-iqtisodiy saloxiyatning foydaliligi (rentobelligi); (Isr)
-iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy salohiyat tarkibiga kiruvchi moddalar (Asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar va mehnat salohiyati) samaradorligini o‘rganishda ko‘rsatkichlar tizimi shaklida foydalaniladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|