|
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|
bet | 18/67 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 353 Kb. | | #147810 |
Bog'liq Korxona iqtisodiyoti maruza matnNazorat savollari.
Materiallarning buxgalteriya hisobi oldiga qanday asosiy vazifalar qo‘yilgan?
Ishlab chiqarish zahiralari qanday qiymatda hisoblanadi.?
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqindilarga nimalar kiradi?
12 – Mavzu: Asosiy fondlarni narxini aniqlash.
Reja:
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganish
Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar
Asosiy fondlarning tarkibi
Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoq xizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi.
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko`rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi:
- to`la boshlang’ich qiymati;
- to`la tiklash qiymati;
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati;
- balansdagi qiymati;
- bozor qiymati;
- yo`kotishdagi qiymati.
Asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun ketgan harajatlarning yig’indisi tushuniladi. Demak, to`la boshlang’ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo`lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko`rsatkichlari aniqlanadi. SHuningdek to`la boshlang’ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy xajmiga fizik hajm va baho o`zgarishlari xam ta’sir ko`rsatadi. Bu to`la boshlang’ich qiymat bo`yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.
Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to`la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to`la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi.
YUqoridagi ta’rifga ko`ra 15 ta stanokni to`la boshlang’ich qiymati xaqiqiy sarflangan harajatlar yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so`m.
To`la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni
15 x (4500/5)=13,500 so`m.
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi.
Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.
Asosiy fondlar o`z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga o`tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to`liq
qiymatdan eskirish summasi ayriladi.
YUqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo`ladi. Demak qoldiq qiymat
13500 -4050=9450 m.s.ga teng.
Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat – aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin.
Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo`lgan qiymatini ifodalaydi.
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo`lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo`lishi mumkin. Korxonalarda albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi.
Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi.
Amortizatsiya me’yorlari iqtisodiy jihatdan asoslangan va asosiy fondlarning o’z vaqtida qoplashga yo’naltirilgn bo’lishi kerak. Ularni xisoblashda asosiy fondlarning xizmat muddatini iqtisodiy to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni inobatga olgan holda bajariladi;
• asosiy fondlarning chidamliligi;
• ma’naviy eskirish (birinchi va ikkinchi tur);
• jihozning balansi;
• kapital ta’mirlash va yangilanish ehtimolligi;
Tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llashda, muayyan inventar ob’yektini uchun belgilab qo’yilgan tartibda amortizatsiya me’yori 2 martadan ortiq bo’lmagan miqdorgacha oshirilishi mumkin.
Odatda, tezlashtirilgan amortizatsiya usuli quyidagi turdagi mashinalar, jihozlar va transport vositalariga tegishli emas:
• me’toriy xizmat muddati 3 yildan iborat bo’lgan mashinalar, jihozlar va transport vositalarga;
• samolyotsozlik parkining ayrim turdagi jihozlariga, ularning me’yoriy xizmat muddati samolyot va vertolyotlarning uchish soatiga bog’liq bo’lsa;
- avtomobilning harakat tarkibiga, agar amortizatsiya avtomashina qiymatiga nisbatan olinsa-da, haqiqiy 1000km yurilgan yo’lga olib borilsa.
• Noyob tehnika va jihozlar, agar ular aniq bir turdagi tajribalar uchun mo’jjallangan bo’lsa. Amortizatsiya—(lotincha amortisatio-qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortiztsiyasi—asosiy kapital (mashina va mehanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning eksplutatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o’tib borishi. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan asosiy fondlar yillar o’tishi bilan eskiradi va o’z sifatini yo’qata boradi: jismoniy va ma’naviy jihatdan eskiradi. Jismoniy eskirish deganda, asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida butunlay yoki qisman to’zishi, yemirilishi tushuniladi. Ma'lum vaqt o’tgach, jismoniy jixatdan butunlay yoki qisman yaroqsiz bo’lib qolgan mеxnat qurollarini yangisiga almashtiriladi yoki bo’lmasa modеrnizatsiya qilinadi yoxud ayrim qismlari kapital ta'mirlanadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo’q bo’lib kеtmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko’chadi. Korxonalarda faqat ishlayotgan mashina va asbob- uskunalargina emas, balki bеkor turganlari xam eskiradi (еmiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy eskirish darajasi ularning xizmat muddati va to’zish (emirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi. Fan-tеxnika taraqqiyoti va mеxnat unumdorligi o’sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi, nisbatan unumli va tеjamli yangi mashinalarning va asbob-uskunalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy eskirish muddati tugamasdan turib qadrsizlanishi — asosiy fondlarning ma'naviy eskirishi, dеb ataladi. Ma'naviy eskirish fondlarning narxini vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqishni shart qilib qo’yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rеjali ravishda eng kam mеxnat va mablag sarf qilishga harakat qilinadi. Ayniqsa hozirgi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida korxonalarda asosiy fondlarninig ma’naviy eskirishi korxonalarning mahsulotlarini raqobatbardoshligini yo’qotishiga sabab bo’lmoqda, chunki ma’naviy eskirgan tehnologiyada ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi yuqori bo’ladi va uning narxini oshishiga olib keladi. Asosiy vositalar moddiy va ma'nan eskiradi. Moddiy eskirish mеxnat vositalaridan foydalanish jadalligi va ularning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan bеlgilanadi. Ma'naviy eskirish fan va tеxnika taraddiyoti natijasida mexnat vositalarining arzonlashuvi xamda iqtisodiy jixatdan mukammal bo’lgan yangi mеxnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya mе'yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jixozlar o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablaglar summasi tarzida jamgariladi Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini xisobdan chiqarishni tеzlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma'naviy eskirishi bilan bog’liq extimoli bo’lgan zarar ko’rishdan saqlaydi, yangi tеxnika va tеxnologiyani tеzroq joriy etishga rag’batlantiradi. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o’zini yoki uning ba'zi qismlarini yangilash vaqti kеlguncha shu shaklda ma'lum fondda jamg’arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi dеb ataydilar. Dеmak, amortizatsiya fondi — amortizatsiya ajratmalari xisobiga shakllanadagan maxsus fonddir. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi dеgan tushuncha xam mavjud. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagalar kiradi:
—asosiy ishlab chidarish fondlarining dastlabki qiymatidan kеlib chidib xisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi (xisoblangan eskirish);
—lizing bo’yicha va bеlgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirishi, har oyda xo’jalik yurituvchi sub'еkt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali foydalanish muddatidan (biror xo’jalik faoliyati yurituvchi sub'еkt muddatidan ortiq emas) kеlib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tеgishli bo’ladi. Natijali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish mе'yori 5 yilga hisoblanadi.
Asosiy fondlarning moddiy eskirish usullari.
Moddiy eskirish—mashina va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanish jarayonida uskunalarning qismlari, uzel, konstruksiyalari, shakli, o’g’irligi va ustki qismlarining o’zgarishidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|