18. So‘z – o‘qituvchi kasbiy mahoratining qaysi qirralarida
namoyon bo‘ladi?
a. O‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog,
deklamatsiyalarida namoyon bo‘ladi.
b. O‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot qilish jarayonida
namoyon bo‘ladi.
c. O‘qituvchining barcha pedagogik qobiliyatlarini namoyish etishda
zarur bo‘lgan vosita.
d. O‘qituvchining dars strukturasini mukammal tashkil etib
o‘tkazishda namoyon bo‘ladi.
19. Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyatiga ta’rif?
a. O‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan
intellektual faoliyat.
b. Bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi o‘qitish va
tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi.
s. O‘qituvchining tajribasi va bilimlari asosida bajariladigan faoliyat.
d. Pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydigan intellektlar
to‘plami.
20. “Voiz (notiq) odamning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi
bo‘lishi kerak, uning nasihatlaridan chiqmaslik shart”.
Ushbu fikrlar muallifini belgilang?
a. Abu Nasr Forobiy.
b. Alisher Navoiy
c. Abu Ali ibn Sino
d. Husayn Koshifiy.
21. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchiga zarur
bo‘lgan qobiliyat tizimi?
a. O‘qituvchi jonli muloqot olib borish qobiliyatiga hamda pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kerak.
b. Aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iyatlik, kamtarlik, kuzatuvchanlik,
tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
Diqqatni taqsimlay olish, yangilikka intilish, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish.
d. Bilim, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish, muloqot qilish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.
|