7. Hгtq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar turkumiga
qaysilar kiradi?
Ovoz o‘zgarishi, nafas olish, ravon nutq.
Yozma va og‘zaki nutq, ichki nutq.
Ichki nutq, tashqi nutq, dialogik va monologik nutqlar.
Nutq organlari, nutq apparati, nutq odobi.
8. Pedagoglik kasbini tanlagan kishi qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
Sog‘lom bo‘lishi, barcha qobiliyatlarga ega bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri va yaxshi talaffuz qila olishi.
Iymon-e’tiqodli, dunyoqarashining kengligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his etishi, ma’naviyati, dilkashligi.
Bolalarni yoqtirishi, o‘z fanini mustahkam egallashi, nutqining ravonligi.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
9. I. A. Karimov tavsifi bo‘yicha pedagogning asosiy maqsadi
nimalardan iborat?
Har bir talabaning mustaqil fikrlashini rivojlantirishdan.
Mukammal bilim berishdan.
Bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan.
O‘z mahoratini uzluksiz oshirib borishdan.
10. Pedagogik ta’lim jarayonlari zamonaviy axborot texnologiyalari
asosida tashkil etilsa... ?
a. Masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari bilan birgalikda faoliyat olib boradi.
b. O‘qituvchilar o‘rtasida vazifalar bir maromda to‘g‘ri taqsimlanadi.
c. Ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilish takomillash-tiriladi va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringi tashkil etiladi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri
11. Pedagogik mahorat fanining asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni insonparvarlik hamda demokratik tamoyillarga asoslab olib borish.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirish.
Ta’lim mazmunini fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari bilan boyitib borish.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
|