Himoyalovchi
ko‘kalamzorlashtirish
.
Nurashga
qarshi
himoyalovchi
ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi
shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan
himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari
uchraydi.
Nurashga asosan past mustahkamlikka ega mayda donali changsimon qumlar,
changsimon suglinok va glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p
miqdorda glina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterlidir. Tuproq yuzalarini
nurashga qarshi himoyalash choralarining samarali usullaridan biri, ularda ildizi 20
sm va undan chuqurroq o‘suvchi o‘simlik qatlamini barpo qilish va natijada zich va
mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir. Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya
133
vazifasini bajarishidan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi ham
hisoblanadi. Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi
va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi
kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar
har qanday holatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi.
Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan
himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha
tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki
qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum
bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni
o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib
yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi
mumkin.
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi
yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish
maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda
madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan
erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab
olingan ko‘p qatorli daraxt-butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini,
zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda
samarali to‘siq hisoblanadi.
Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil
ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quyidagi tartibda bo‘ladi:
- tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan;
- daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmagan;
- butalar balandligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan.
Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni
yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak.
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi yashil tasma barpo qilish uchun daraxt turlarini
134
tanlashda ularning avtomobillardan chiqayotgan gazlarga ta’sirini inobatga olish
lozim. Quyidagi daraxtlar ko‘proq chidamli hisoblanadi:
- ignabargli daraxtlar, sibir tilog’ochi; bargli daraxtlar: dub, tol, tut; butalar:
biryuchina, gordovina, sariq akastiya, spireya, namatak.
Ekish yirik o‘lchamli ko‘chatlardan boshlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash
sharoitini yaxshilash uchun tuproq qayta ishlanadi, ya’ni: ustki qism tuprog’i
maydalanadi va tuzilmaviy holatini o‘zgartirgan holda tuproq uchun qulay suv-havo
va issiqlik rejimi yaratiladi, tuproqning oziqlanish rejimi yaxshilanadi, tuproq
ifloslanishdan saqlanadi. Ekish ishlarining muddati iqlim va ob-havo sharoiti,
ekiladigan ko‘chatning yoshi va holatiga bog’liq bo‘ladi. Ekishning eng qulay
muddatlari: bahorda – kurtak chiqargunga qadar, kuzda – barglar tushish davrida.
Amalda himoya tasmalarini yaratish 5.1-jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan
xarakterlanadi.
5.1-jadval
Himoya tasmalarini turlari
Shovqin darajasini kamaytirish,
dBA, harakat jadalligi avt/soat
bo‘lganda
Qayta ishlangan
gazlar
konstentrastiyasi
ni kamaytirish,
%
200
600
1200
>1600
Bargli daraxtlar butalar bilan
kengligi 10 m bo‘lgan uch qatorli
tasma
7
8
8
8
40 – 50
Bargli daraxtlar butalar bilan
kengligi 10 m bo‘lgan to‘rt
qatorli tasma
8
9
9
9
50 – 60
Shaxmat shaklidagi ignabargli
daraxtlar butalar bilan kengligi 20
m bo‘lgan to‘rt qatorli tasma
15
17
17
18
50 – 60
Shaxmat
shaklidagi
bargli
daraxtlar butalar bilan kengligi 20
m bo‘lgan besh qatorli tasma
15
18
18
19
60 – 70
135
Manzarali ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof-muhit tabiati bilan
uyg’unligini ko‘chaytirish maqsadida amalga oshiriladi. U o‘z tarkibiga faqat yangi
daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki
e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni
saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi. Manzarali ekinlar
harakat xavfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini
ifodalashda, ayniqsa qatnov qismi yuzasi haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda,
haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirishda, yon tomondan esadigan
shamoldan himoyalashda va boshqalar.
Manzarali ekinlar joylashishi va ahamiyatiga ko‘ra yo‘l bo‘ylab asosiy ekinlar
(qatorli va ko‘p qatorli), guruhli va aralash (asosiy va guruhli) ekish turlariga
bo‘linadi. Mavjud bog’-park uslubi va mahalliy sharoitga mos holda manzaraviy
ko‘kalamzorlashtirishda uchta asosiy usul qo‘llaniladi: tartibli (qatorli yoki ko‘p
qatorli ekish), landshaft-guruhli (yoki erkin) va aralash.
Tartibli usul butalar, to‘g’ri yoki egri chiziqli bir xil qatorli daraxtlarni qat’iy
aniqlangan joylashishini ko‘zda tutadi. Alohida turdagi o‘simliklar qatori yoki ularni
guruhlari orasidagi masofa mavjud bezatishli yo‘l uchastkasi bo‘yicha doimiy qoladi.
Bu usul yo‘lning tekis joydan o‘tuvchi yoki maxsus bezatilgan yo‘llarda, shahar va
aholi yashash joylariga kirish va aholi yashash joylarida qo‘llaniladi.
Landshaft-guruhli (yoki erkin) usul daraxt va butalarni alohida element
ko‘rinishida va har xil o‘lchamdagi guruhlarni erkin (tasviriy) joylashtirish ko‘zda
tutadi. Bu usul asosan yo‘lning adirli yoki to‘lqin relefli territoriyalaridan o‘tgan
joylarda qo‘llaniladi.
Landshaft-guruhli usulidan foydalanishga misollar 5.1-rasmda keltirilgan.
136
5.1 – rasm. Daraxt va butalarni monoton ekish ortida landshaft-guruxli joylashtirish.
Aralash usulda daraxtlarni tartibli va landshaft–guruhli ekishni tashkil etish
hisoblanadi (5.2-rasm). Bu usul bir tekis relefli tumanlarda qo‘llaniladi. Bunda
asosan quyidagi ko‘rinishlar qo‘llaniladi: tartibli ekilgan qatorlarda landshaftli
guruhlarni notekis joylashtirish; tartibli ekinlar va yo‘l orasidagi (qatorli ekish ortida)
erkin tasmada alohida turlarni va landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish;
landshaftli guruhlarni va tartibli ekinlarni yo‘llarni kesishish joylarida, yo‘ldan
tushish-chiqishlarda, daryo, jarliklar va boshqalar kesishgan joylarda joylashtirish.
Manzara samarali bo‘lishi va daraxtlarni erkin rivojlanishi uchun ekilgan
daraxtning kattaligiga bog’liq holda qatorlar va daraxtlar orasidagi masofa 5 m dan
20 m gacha qabul qilinadi. Yosh ko‘chalarni ekishda ularda manzarani tezroq
rivojlantirish uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa kichikroq (eng katta
masofadan 2-4 marta kam) qabul qilinadi.
Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish uchun 4-6 yoshdagi
ko‘chatlar va 2-3 yoshdagi butalar qo‘llaniladi.
Maxsus
turdagi
ekinlar
avtomobil
yo‘larining
ajratuvchi
tasmasini
ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Bu ko‘kalamzorlashtirish turi yo‘llarni
arxitektura-tasviriy bezatishdan tashqari harakat xavfsizligini oshirishda ham
qo‘llaniladi. Qoida bo‘yicha ajratuvchi tasmaga bir biridan 20-30 m, yo‘l chetidan
esa kamida 1,75 m masofada joylashuvchi to‘liq buta yoki ko‘ndalang tasma (bir
AB kesim
B
137
yoki ikki qatorli devor) ko‘rinishida ekish amalga oshiriladi. Bunday ko‘chatlar
qarama-qarshidan kelayotgan avtomobillarni yoritish chiroqlari nurlaridan saqlaydi.
5.2-rasm. Avtomobil yo‘llarini aralash usul bilan manzarali ko‘kalamzorlashtirishga
misol:
1 –himoya tasmasi; 2 – daraxtlarni tartibli ekish; 3 – landshaft-guruhli ekish.
Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.
Harakat xavfsizligi sharoitidan kelib chiqib, ko‘rish masofasini ta’minlash va
haydovchilar yo‘nalishni idrok etishi uchun egrining tashqi qismida ekilgan daraxtlar
quyiqlashtiriladi va ichki tomonidan siyraklashtiriladi yoki umuman ekilmaydi.
Yo‘llarda piramidasimon daraxtlarni qatorlab ekish ertalab va kechqurun zebra
samarasini beradi. Quyosh yoritganda ular qoplamada haydovchini charchatadigan
soyalar tasmalarini paydo qiladi. Daraxtlar orasi 2-3 m va harakat tezligi 80-100
km/soat bo‘lganda yoqimsizlik seziladi.
Aholi yashaydigan joylarda ekiladigan o‘simlik turi va ko‘kalamzorlashtirish
xarakteriga ko‘ra, shuningdek qatnov qismi, piyodalar yo‘lakchasi kengligi,
er osti
kommunikastiyalari joylashishi va yo‘l atrofidagi binolar qavatlarini hisobga olgan
holda tanlanadi.
Manzarali ko‘kalamzorlashtirish ob’ektning atrof-muhit bilan uyg’unlashuvini
kuchaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, transport inshootining me’moriy-badiiy dizayni
uchun qo‘llaniladi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish nafaqat yangi daraxtlar va
Reja
Yo’l o’qi
138
butalarni ekishni, balki yo‘lning boshqa qismidagi mavjud o‘simliklarni saqlab
qolishni, atrofdagi manzaraga organik ravishda mos keladigan yangi ekinlarni
qo‘shishni va
ko‘rimsiz joylarni yopishni (maskirovka) o‘z ichiga oladi.
Ekilgan daraxtlarning kattaligiga qarab, manzara effekti va shox-shabbalarning
erkin rivojlanishi uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa 5 dan 20 m gacha
olinadi. Yosh ko‘chatlarni ekayotganda, atrofdagi mavjud katta daraxtlardan “yashab
ketish” hollarini hisobga olinib va mutaxassislar xulosalariga asosan tez manzara
effektini olish uchun daraxtlar orasidagi eng qisqa masofa tanlanadi (maksimaldan 2-
4 marta kam).
Katta aholi punktlari va boshqa joylarga kirish joylarida alohida 2 yoki 3
nusxada badiiy bezakli holda hududni mavzusiga asosan eskizlar asosida gullar bilan
rabatok (pol yoki tasma), erkin gulli dog’lar shaklida bezash loyihalanadi,
shuningdek gul ochadigan maysa joylar bilan bezatiladi. Shu bilan birga, muntazam
parvarishnini talab qilmaydigan ko‘p yillik gullarga imtiyoz beriladi.
Uzun yo‘lda bir xil turdagi manzarali ko‘kalamzorlashtirishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish me’moriy jihatdan asoslangan holda
almashtiriladi
va
trassa
elementlariga
biriktiriladi.
Ko‘pincha
manzarali
ko‘kalamzorlashtirishni tez-tez almashtirish mumkin emas, chunki bu yo‘lni
jihozlashda turli xillikni yuzaga keltiradi.
Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri o‘zgarishi 2-3 km dan kam bo‘lmasligi va 10
km dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘simliklar biologik va ekologik funkstiyalarni
bajarishi bilan cheklanib qolmasdan, ularning xilma-xilligi va rang-barangligi har
doim insonning “ko‘zini quvontirishi kerak”.
|