Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/102
Sana18.05.2024
Hajmi10,95 Mb.
#242094
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
5.2. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari 
Ko‘chatlarni yo‘l bo‘yida joylashtirish ekiladigan daraxtlarga, tabiiy o‘simlik 
xarakteri va mavjudligiga bog’liq. Ekishda daraxt turlarini shu tuman uchun 
yaroqliligi, daraxt shakli, ularning balandligi muhim ahamiyatga ega. Ekilayotgan 
daraxtlarga umumiy talablar shundan iboratki, daraxt va butalar mavjud tuproq va 
iqlim sharoitida tez o‘suvchi, yorug’likni sevuvchi va uzoq yashovchi bo‘lishi lozim. 
Avtomobil magistrallarini ko‘kalamzorlashtirish: yo‘lning har ikkala tomoniga 


139 
ekiladigan himoya va manzarabop ekinzorlarni, yo‘lning ajratuvchi tasmasi, 
chorahalarni, avtobus bekatlarini, hamda yo‘lovchi va haydovchilarning uzoqroq dam 
olishga mo‘ljalangan joylarni ko‘kalamzorlashtirishni o‘z ichiga oladi. 
Avtobus bekatlarining orqa tomonidan alohida eskiz va manzarani 
ta’minlovchi rejalar asosida qatorli ekinzorlar, bekatning ikkala tomonida esa – 
daraxt va butalarning alohida yoki guruhlangan ekinlari yaratiladi. Imkoniyati 
mavjud bo‘lgan joylarda, bekat oldida rabatkalar joylashtiriladi. Ochiq hudud bor 
bo‘lgan joylarda bir yoki bir nechta turlardan kichik daraxtzorlar ekiladi. Bu joylar 
dam olish uchun moslashtiriladi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurishda 
mavjud o‘simliklar maksimal darajada saqlab qolinishi, milliy arxitektura elementlari 
bilan boyitilishi, shakllar berilishi kerak. Bunda yo‘l bo‘yi o‘simliklari mavjud 
o‘simliklar bilan organik bog’langan bo‘lishi va yo‘l rejasini va kesimini ta’kidlashi 
uchun bir ansambl bo‘lishi kerak. 
Ekilgan o‘simliklar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
a) muntazam turdagi - bularga yo‘l bo‘ylab chiziqli ekish, yo‘l o‘qi rejasi bilan 
uyg’unlashgan, jonli to‘siq va qordan himoyalovchi o‘simliklar ko‘rinishidagilar 
kiradi; 
b) erkin turdagi - bularga turli xil daraxt guruhlari yoki daraxt va buta 
turlarining kombinastiyalarining bir xil birikmalaridan guruhli ekish kiradi. 
Qatorli daraxtlarni yo‘l poyi chetidan 5 m dan yaqinroq masofada joylashtirish 
tavsiya etilmaydi. Xiyobonlardagi alohida daraxtlar orasidagi masofa tanlangan 
daraxt turlariga qarab, bir-biridan 10 dan 15 metrgacha oraliqda tanlanadi. Yangi 
qurilgan magistral yo‘llarda quyidagi sabablarga ko‘ra ekishning xiyobonli (alleya, 
yo‘l ikki chetiga qator daraxtlarni ekish) turi tavsiya etilmaydi: 
a) xiyobonlar kelajakda yo‘lni kengaytirish imkoniyatini cheklaydi; 
b) ayrim hollarda, halokatsiz yo‘ldan chiqib ketishga imkon bermaydi; 
v) yo‘lovchilardan atrofdagi landshaftni berkitadi; 
d) yo‘lda ko‘rinish yomonlashadi, kuzda barglar tushishi tufayli qo‘shimcha 
qoplama ustki yuzasida sirpanish xavfi paydo bo‘ladi; 


140 
e) 
quyoshli 
kunda 
haydovchining 
ko‘rishini 
kamaytiruvchi 
hamda 
charchatuvchi, qoplama ustki yuzasida dog’li soya paydo bo‘ladi. 
O‘simliklar turlarini tanlashda, atrofdagi landshaft tabiati davriy shakllanish 
jadvali asosida o‘rganilib, daryolar, ko‘llar yoki boshqa suv ob’ektlarining 
mavjudligi, joyning relefi, inshoot xarakteri, mintaqaning iqlim xususiyatlari
e’tiborga olinishi kerak. 
Xiyobonli (alleya) ekish faqat asosiy yo‘llardan biror bir ob’ektga, masalan, 
turar-joyga, sanoat va ijtimoiy korxonaga, yodgorlikka, turizm rivojlangan hududga 
va boshqalarga kiradigan yo‘llarda tavsiya qilinadi. Yo‘l chetidan manzarali tabiiy 
ob’ektlar - ko‘llar, daryolar, bog’lar, monumental tuzilmalar mavjud joylarda - 
xiyobon tuzilishi hamda hududdagi ob’ektni ansambli boshlangani sezilishi kerak. 
Guruhli ekishni eng maqbul ko‘kalamzorlashtirish shakli deb hisoblash kerak. 
Ushbu turdagi ko‘kalamzorlashtirish biron bir ob’ekt yaqinida har qanday reja va 
kesimda amalga oshirilishi mumkin. Guruhli o‘simliklar haydovchilarning diqqatini 
muhim nuqtalarga qaratishi kerak – bular avtobus bekati, egri boshi, ayrilishlar, dam 
olish joyi, ko‘prik va boshqalar. O‘ymada guruhli ekish yon bag’r qiyaligini tepa 
qismida va ko‘tarmada yo‘l poyi pastki qismida amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llarida harakat sharoitiga, yo‘l belgilarining yaxshi ko‘rinishiga 
va yo‘llarni saqlash mexanizmlarining ishlashiga ta’sir qilmasligi uchun daraxtlar 
yoki butalarni yo‘l yoqasiga ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtobus bekatlaridagi 
yo‘lovchilar uchun qulay mikroiqlimni yaratishi maqsadida ekish maydonning 
umumiy ko‘rinishini organik tarzda birlashtirish kerak. Shamol va quyoshdan himoya 
qilishga mo‘ljallangan ko‘kalamzorlashtirish ekinlari yaxshi ko‘rinishni ham 
ta’minlash kerak. 
Katta yoshli daraxtlar balandliklari bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
birinchi (25-30 m va undan yuqori); ikkinchi (10-20 m) va uchinchi (10 m dan kam). 
Yo‘l bo‘yida ekishga yaroqli daraxt va butalarning tavsiya etilgan turlari 1-ilovada 
keltirilgan. O‘simliklar turlari va yo‘l bo‘yi ekinlarining turlarini tanlashda ularni 
shakllaridan tashqari daraxt yoki butalarning balandligini, barglarni kuz va yozdagi 
ranglarini, barg va mevalarning ranglarini, grunt sharoitini, daryo, ko‘l yoki suv 


141 
omborlarini atrof landshaftidagi xarakterini hisobga olish lozim. Ekish ikkita asosiy 
turda bo‘lishi mumkin: tartibli yoki landshaft-guruhli va erkin. Tartibli ekishga yo‘l 
bo‘yida takrorlanuvchi qatorli ekish turida, tirik devor va qordan himoyalovchi 
daraxtlarni ekish kiradi. Erkin ekishga esa guruhli o‘tqazishni har xil daraxt va butali 
ekinlari kiradi. Ekishlarni aralash usuli ham qo‘llanishi mumkin. Tartibli ekish 
yo‘lning bir yoki ikki chetida ularning vazifasiga bog’liq xolda, lekin yo‘l chetiga 5 
m dan yaqin bo‘lmagan masofada joylashtiriladi (4-rasm). Mavjud egri uchastkalarda 
egrining ichki qismida ko‘rnishni ta’minlash maqsadida qatorli ekish tavsiya 
etilmaydi. Xiyobonlarda alohida daraxtlar orasidagi masofa daraxt turidan kelib 
chiqqan holda 10-15 m ni tashkil qiladi. Qayta qurilayotgan yo‘llarda qatorli ekish 
turlari tavsiya etilmaydi. Chunki ular bir qator kamchiliklarga ega:
- transport vositasini yo‘lga tushishi va undan chiqishiga to‘sqinlik qiladi;
- kun chiqishida va botishida quyoshli vaqtda haydovchini ko‘zini qatnov 
qismida «dog’» hosil qilib charchatadi;
- yo‘lning ustki yuzasi namligini qurishini yomonlashtiradi; 
- yo‘lovchilardan atrof landshaftni berkitadi;
- kelajakda yo‘llarni kengaytirish imkoniyatini chegaralaydi;
- qatnov qismiga tushgan barglar tishlashish sifatini yomonlashtiradi.
Qatorli ekish asosiy yo‘lga ayrim ob’ektlardan chiqish joylarida ruxsat etiladi 
(5-rasm). 
5.3-rasm. Daraxtlarni qatnov qismi cheti va yo‘l poyi qirg’og’iga nisbatan joylashuvi: 
a – nolinchi belgida; b – ko‘tarmada; v – o‘ymada.


142 
5.4 – rasm. Asosiy yo‘lga chiqish joyida qatorli ekish. 
Ko‘kalamzorlashtirishni maqsadga muvofiq shakli guruhli ekish hisoblanadi 
(5.5 – rasm). Guruhli ekish ham qatnov qismi chetiga 5 m dan yaqin bo‘lmagan 
masofada joylashtiriladi. Yo‘l yoqasiga ekish tavsiya etilmaydi.
5.5 – rasm. Guruhli ekishga misollar: 
a, b, v – har xil turdagi oldi butali guruh; g – daraxtlardan iborat bo‘lgan bir turdagi mustaqil 
guruh; d – shunga o‘xshash guruh; e, j – to‘rt daraxtdan iborat bo‘lgan guruh (mustaqil guruhga 
o‘xshash); z – butali guruh. 
Yo‘lning 
to‘g’ri 
uchastkasida 
guruhli 
ekish 
erkin 
kompozistiyada 
joylashtiriladi (5.6–rasm). Yo‘lning egri uchastkalarida trassa yo‘nalishini optik 
qabul qilish uchun egrining tashqi tomoniga zich guruhli ekish turi, ichki qismiga esa 
alohida butalarni (agar baland o‘suvchi daraxtlar butalarni “yashab ketish” hisobini 
va ular orasida rivojlanish xulosasini bersa) ekish tavsiya etiladi. Bunday hollarda 


143 
ko‘chatlar 
yo‘naltiruvchi 
vazifasini 
bajaradi 
(5.7–rasm). 
O‘ymalarni 
ko‘kalamzorlashtirish uchun o‘ymaning yuqori qismida joylashgan daraxt va 
butalarni guruhli o‘tqazishdan foydalaniladi (5.8-rasm). Yo‘llarning kesishish va 
ajralish joylaridagi ko‘chatlar ularni xarakterini belgilashi lozim, lekin ko‘rinishlikka 
to‘sqinlik qilmasligi shart (5.9-rasm).
5.6 – rasm. Yo‘lning 
to‘g’ri uchastkasidagi
5.7– rasm. Yo‘lning egri uchastkasidagi yo‘naltiruvchi 
guruhli ko‘chatlar guruhli ekish 
Ko‘priklarni kirish joylarini ko‘kalamzorlashtirishda qoida bo‘yicha qurilish 
davrida buzilgan tabiiy landshaftni qayta tiklash va yaxshi ko‘rinish sharoitini tashkil 
etish vazfalari echiladi.


144 
5.8 – rasm. O‘ymalarni guruhli ekish bilan ko‘kalamzorlashtirish: 
a – reja; b – ko‘ndalang kesim. 
5.9 – rasm. Yo‘l tutashmalarini ko‘kalamzorlashtirish: 
1 – o‘t ekish va past bo‘yli ekinlar; 2 – daraxt va buta ekish mumkin; 3 – 
daraxt va butalarning zich ekilgan qatori. 
a
b
5.10 – rasm. Ajratuvchi tasmani ko‘kalamzorlashtirish: 
a – butalarni ko‘ndalang ekish; b – egri uchastkada buta va daraxtlarni alohida 
guruhli ekish. 
Avtomobil magistarllarining ajratuvchi tasmasida maysazor bilan birga 


145 
butalarning ko‘ndalang ekish tavsiya etiladi (5.10–rasm). Bunday ekish turi 
ajratuvchi tasma chegaralarini aniq ko‘rinishida va haydovchilarni ko‘zlarini 
qarshidan kelayotgan avtomobilllarning yoritish chiroqlaridan qamashishini oldini 
olishni ta’minlaydi. Ko‘chatlar orasidagi masofa 20–25 m, balandligi esa 1,0 – 1,2 m 
bo‘lishi shart, butalar har yili kesib turiladi. Buta ko‘chatlari 45
0
burchak ostida 
joylashtiriladi. 
Ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda avtomobillarning hisobiy harakat 
tezligini e’tiborga olish lozim. U qanchalik yuqori bo‘lsa alohida daraxtlar o‘rniga 
ajratilgan mintaqani saqlashni engillashtirish va daraxtlarni sinishini oldini olish 
maqsadida ularning guruhlarini yirik massivlarda joylashtirish lozim. 
Guruhli ekishni qo‘llash doimo bir xil shaklga ega qatorli ekishdan afzal 
bo‘lgan. Daraxtlarni katta bo‘lmagan guruhlari qo‘shimcha ekish bilan 
kuchaytirilishi, zich joylari esa kesilishi, manzara yoki yo‘llardagi binolarning 
ko‘rinishini ochish, yomon joylarni berkitish uchun manzarali ekish qo‘llaniladi. 
Yo‘llardagi tasviriy joylarni sharhlashda, hisobiy harakat tezligi 100 km/soat 
bo‘lganda uzilgan joy kengligi 
l
r
=100 m, loyiha bo‘yicha esa bundan ko‘p, misol 
uchun 120 – 150 m. Aksincha, yo‘llardagi karerlarni berkitishda karerdan chiqish 
joylarini yopmagan holda uzilgan joy kengligi chegaraviydan kamroq bo‘ladi. Bu 
holda uzilgan joy kengligi 60 m atrofida bo‘ladi (5.11-rasm).
Monoton landshaftda o‘rmonni tekkislashda alohida bo‘rtiq joylari qoldiriladi 
(13–rasm). Ularni iloji boricha ko‘zga tashlanadigan qilinishi, chiqqan joylar uzunligi 
va ular orasidagi masofa hisobiy qiymatdan 
l
r
kam bo‘lmasligi shart. Yo‘naltiruvchi 
daraxtlar harakat yo‘nalishi o‘zgarishini ko‘rsatadi va uzoqdan haydovchiga burilish 
darajasini ko‘rsatib turadi. Ular yo‘l poyidan tashqarida faqat yo‘l o‘qiga parallel 
ravishda chiziqli joylashgan bo‘ladi. Ularning uzunligi asosan burilish radiusiga 
bog’liq bo‘ladi. Ularning chiziqlari esa egriga kirish joyidan qaralganda harakat 
tasmasining hamma kengligini yopishi kerak (5.13 – rasm). 


146 
5.11 – rasm. Yo‘ldagi ekinlarning uzilgan joyi kengligini aniqlashga misol. 
a – manzara ko‘rinishini ochib berish maqsadida (uzilgan joy kengligi chegaraviydan ko‘p); 
b – manzaralashtirish maqsadida (uzilgan joy kengligi chegaraviydan kam). 
5.12 – rasm. O‘rmon massivini monotonnligigi buzilishiga misol: 
1 – o‘rmondagi ochiqlik; 2 – o‘rmonning bo‘rtiq joylari; 3 – daraxtlarning alohida guruhi. 


147 
a)
b)
5.13 - rasm. Rejadagi egrida yo‘naltiruvchi daraxtlar: a – radiusi kichik 
egrilarda; b – kichik burchakli va burilish radiusi katta egrilarda. 
Ularni yo‘naltiruvchi daraxtlar singari o‘tqaziladi. Ular chorrahalarda, avtobus 
bekatlarida, transportlar ajralish joylarida va bundan tashqari dam olish maydonlarida 
va harakatga xizmat qilish majmualarida joylashtiriladi. 
Namlik kuchli va ko‘pchish yuzaga kelishi faol bo‘lgan joylarda yo‘llarni 
manzarali bezatish uchun daraxtlarni namlikni tez bug’lantirib yuboruvchi, tuproqni 
tez qurituvchi va grunt suvlari satxini pasaytiruvchi (tuproq - iqlim sharoitiga mos 
ravishda: tol, majnuntol, tut, evkalipt) turi tanlanishi lozim. Bu yo‘l poyi namligini 
kamaytiradi va ko‘pchish paydo bo‘lishi ehtimolligini kamaytiradi. 
Yirik aholi yashash joylariga kirish joylarida gulxona va erkin gul to‘plari 
hamda gullagan maysazorlar ko‘rinishidagi gullar bilan bezatish dizayn eskizlar 
asosida uch xil variantda tayyorlanib mos keladigani loyihalanadi. Bunda ko‘p yillik 
va doimiy gullar va sistematik qarov talab qilinmaydigan gullarga e’tibor berilishi 
lozim.
Landshaftni chiroyli ijodiy yondashilgan yoki joyning alohida qiziqarli 
joylarini kesib o‘tuvchi uchastkalarda ko‘rinishni va alohida tomosha joylarini 
ko‘rinishini saqlash uchun to‘liq manzarali ekish tavsiya etilmaydi. Yo‘lning 
alohida chiroyli bo‘lmagan joylarida manzarali ekish bilan berkitiladi.


148 

Download 10,95 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish usullari

Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish