10.2. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish
hajmlarini rejalashtirish
Yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlashni rejalashtirish, ishlar hajmini va
nomenklaturasini aniqlaydigan ko‘p xildagi omillarni hisobga olish zaruratiga
bog’liqdir. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini
aniqlashning mavjud uslublari qatoriga quyidagilar kiradi:
- iqtisod-matematika modellari va statistik qonuniyatlardan foydalanish
orqali ishlar hajmini prognozlash; asbob-uskunalar yordamida o‘lchash orqali
yo‘llarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish, shu bilan birga ilgarigi yillardagi hisobga
olish va hisobotlar ma’lumotlaridan foydalanish; ekspert baholash uslubi; davriylik
tizimi asosida ishlar hajmini aniqlash.
Mazkur Qoidalarda joriy ta’mirlash saqlash ishlarini rejalashtirish, ishlar
hajmini, mashina va materiallarga, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
asosida, butun-boshli yo‘l-ekspluatastiya korxonasi bo‘yicha (TYEK) va uning
quyi bo‘linmalarida davriy tizim qabul qilingan. U shunga asoslganki, har qaysi ish
400
turi ta’mirlangan yo‘l bo‘lagida ma’lum bir vaqt oralig’dan keyin vaqti-vaqti bilan
takrorlanadi.
Davriylik tizimi asosida rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichi,
avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan
hamma ish turlari hisobga olingan, ishlarning barqaror nomenklaturasini tuzish
hisoblanadi. Har qaysi ish turi bo‘yicha davrning davomiyligi P va davr
koeffistienti K ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Davr davomiyligi P vaqtning oralig’ini
tavsiflaydi. Bu vaqt oralig’ida mazkur ish yo‘lning usha bo‘lagida takrorlanadi va
bu yillar hisobida o‘lchanadi. Davr koeffistienti K, rejali yilda joriy ta’mirlash
bilan yo‘l elementining (yoki uning qaysi ulushi) umumiy hajmi necha marta
ta’mirlanishi zarurligini ko‘rsatadi, mazkur koeffistient P kattaligiga teskari ifoda
bilan aniqlanadi K=1/P.
Davriylik ko‘rsatkichi bajarilgan ishlarni hisobga olish ma’lumotlarini
statistik qayta ishlash asosida yoki ekspertlar so‘rovnomasi bo‘yicha aniqlanadi.
Ekspertlar sifatida yo‘l ekspluatastiya korxonasining tajribali yo‘l ustalari va
muhandis-texnik xodimlari olinadi. Rejalashtirishning keyingi bosqichi, yo‘l
elementlarini ta’mirlashning zarur yillik hajmini haqiqiy o‘lchashda aniqlash
hisoblanadi. Bunda K kattaligini elementning umumiy hajmiga (m, m
2
, dona va
shunga o‘xshashda) ko‘paytiriladi. Masalan, qora qoplamani o‘yiq ta’mirlash
uchun ishlarni bajarish davriyligi (yiliga bir, ikki va uch marta, K koeffistienti)
qoplama holatini baholashdan kelib chiqib aniqlangan. O‘yiq ta’mirlashda yo‘lning
7 km bo‘lagi "II" holatdagi bahoga va 53 km bo‘lagi "III" holatdagi bahoga ega,
rejali topshiriqni bajarish uchun quyidagi hisoblashni amalga oshirish lozim:
7x1+53x2, bundan kelib chiqadiki, yil davomida 113 km qoplamani o‘yiq
ta’mirlash zarur.
Qatnov qismi kengligi 7,5 m bo‘lganda, ta’mirlanayotgan qoplama maydoni
847,5 ming m
2
ni tashkil qiladi. Cho‘qurlar maydoni ikkala yo‘l bo‘lagida
qoplama ustki yuzasining 1,5% ni tashkil qiladi deb hisoblasak. Unda yillik o‘yiq
ta’mirlash hajmi 12,713 ming m
2
ni tashkil qiladi. O‘yiqlar cho‘qurligi 50 mm
bo‘lganda issiq asfaltbeton qorishmasi (hajmiy og’irligi 2,25 t/m
3
) sarfi
(ShNQ
401
4.02.68-07 ning E68-15-1 ga asosan)
me’yori 100 m
2
haqiqiy ta’mirlashga
11,9
t
ni tashkil qiladi. Shunday ekan, o‘yiq ta’mirlashga asfaltbeton qorishmasi sarfi
quyidagiga teng: 12713x11,4:100=1449,28 t yiliga.
O‘yiq ta’mirlash uchun boshqa sarf-xarajatlar quyidagi jadval asosida
aniqlanadi (ShNK 4.02.68-07).
10.1-jadval.
|