10
Uy sharoitida quritilgan urug‟mevalilardan ham kompotlar tayyorlanadi. Bunda quritilgan olma, nok
yoki behi qoqilariga har xil mevalar aralashmasidan qo‟shib yoki bir xil mevalarning o‟zidan kompot
tayyorlash mumkin. Quruq mevalardan kompot tayyorlashda ular yaxshilab yuvilib, 15-20
daqiqa sust
olovda qaynatiladi, qaynatilgach, shakar, vanil solib yana 5-6 daqiqa qaynatiladi.
Kompotlar saqlanuvchanligi pastroq bo‟lgan mahsulot turiga kiradi. Agarda banka og‟zi tig‟iz
berkitilmasa, kompotda mikrobiologik jarayonlar tez avj oladi va bombaj deb ataluvchi buzilish turi
kuzatiladi. Bunda kompot ichida mikrobiologik jarayonlar natijasida yuzaga kelgan gaz banka qopqog‟ini
bosim bilan itaradi va qopqoqning otilib ketilishi kuzatiladi. Bunday holat yuz bermasligi uchun qopqoq
yopuvchi mexanizmning (yopqich) ishlashi doimiy nazorat qilinadi. Kompotlar
odatda havoning nisbiy
namligi 75% bo‟lgan salqin erto‟lalarda saqlanadi.
Danakli mevalardan kompot tayyorlash.
Danakli mevalardan kompot tayyorlash texnologiyasi
boshqa mevalardan kompot tayyorlash texnologiyasidan deyarli farq qilmaydi. Faqatgina mahsulotlarni
kompot uchun tayrlashda ularning danagini olib tashlash ham amalga oshiriladi.
Umuman olganda har qanday meva turidan, yoki uning quritilgan qoqisidan sifatli kompot
tayyorlash mumkin. Kompotlar bir turli mahsulotlardan yoki assorti holatda (bir
necha turdagi mevalar
aralashmasidan) tayyorlanadi (rasm).