26
Bodring tuzlash mavsumi sentyabr-oktyabr oyida bo‟lgan kunlarda havo harorati 20-25
0
dan
pasaymaydi. Shuning uchun 1-2 kundan keyin sho‟r suvda 0,3-0,4% sut kislotasi yig‟iladi. Shundan keyin
bu idishlarni mahsuloti bilan salqin joyga qo‟yish kerak.
Tuzlangan bodringni achish davrida uning og‟irligi 4-7%
ga kamayib ketadi, bu esa saqlanish
sharoiti, idishni katta kichikligi va bodringni naviga bog‟liq bo‟ladi. Tayyor bo‟lgan mahsulotning sifat
ko‟rsatkichlari quyidagicha bo‟ladi:
Sho‟r suvda tuz miqdori - 3,5%
Kislota miqdori - 0,6-1,4%
To‟g‟ri tuzlangan bodring albatta chaynalganda karsillashi kerak. Bodringni kamayishi va buzilishi
asosan sho‟r
suvni oqib ketishi, haroratning ko‟tarilishi va mog‟or paydo bo‟lishidan kelib chiqadi.
Bodring mevalarining qorayishi bochka taxtalarini, qorag‟at barglari, olcha, dub taxtasini temir bilan
reaksiyaga kirishi va ayrim mikrobiologik jarayonlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Lekin eng ko‟p
holatda
asosan harorat ko‟tarilib sut kislotasini normadan ortiq paydo bo‟lishi natijasida buzilish kelib chiqadi.
Idishlarni tepa tomonidan sho‟r suvning qaymoq tutib, mog‟or paydo bo‟lishi, boshqa mikroblarni
ham rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bu mog‟orni tezda olib tashlash kerak.