1-амалий машғулот




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/86
Sana11.06.2024
Hajmi1,24 Mb.
#262670
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86
Bog'liq
birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Faol shamollatish. 
Bu usulda havo butun mahsulot oralab, har bir donasini yalab o‟tadi. Natijada 
mahsulotni tez sovitishga (isitish, quritish va hokazolarga), barcha nuqtalardagi taxlari uchun muayyan 
harorat, namlik va havo tarkibi bir xil bo‟lishiga erishiladi. Faol shamollatishda mahsulotning o‟z-o‟zidan 
qizib ketishi va terlab qolish xavfi tug‟ilmaydi. Ko‟plab g‟aramlarda saqlanayotgan mahsulotlarga havo 
bilan suvni tartibga soluvchi ekzogen moddalar yuborish mumkin bo‟ladi. Faol ventilyasiyaning eng 
muhim afzalliklari sifatli sog‟lom sabzavot saqlashda o‟zini yaxshi ifodalaydi. Bunday omborlarda 
chetdan keltirilgan kartoshka saqlansa, haddan tashsari ko‟p chiqitlar bo‟lishi mumkin. 
Shu boisdan issiq mintaqalarda faol ventilyasiyali omborxonalar qurilsa, albatta, sun‟iy sovuq ham 
berib turilishni ko‟zda tutish lozim. Sun‟iy ravishda sovitish uchun odatda kompressorli sovitgich 
qurilmalari qo‟llanilib, bunda sovitgich sifatida ammiak yoki ko‟pincha freondan foydalaniladi. 
Sig‟imi kamida 100 tonnaga boradigan va muayyan haroratni tutib turadigan sovitgichning mahsulot 
saqlash qismi, tovar mahsulot ishlanadigan bo‟limlar, mashina bo‟limi hamda yordamchi binolardan 
iborat bo‟ladi. Saqlash qismidagi xonalar (kameralar) radiator (quvur) yoki havo vositasida sovitiladigan 
bo‟lishi mumkin. Birinchi holda xonalarga radiatorlar o‟rnatilib, ulardan natriy xlorid yoki kalsiy 
xloridning sovitilgan eritmasi muntazam o‟tib turadi. Bu usulning kamchiligi shundaki, harorat u qadar 
bir xil da rajada bo‟lmaydi, ya‟ni xonaning turli joylaridagy harorat 2
0
S ga va undan ko‟proqqa farq 
qilishi mumkin. Ventilyator vositasida xona (kamera) sovitilganda esa, unda mo‟‟tadil, bir xil sharoitda 
mahsulot tutish imkoniyati yaratiladi. 
Sovitish sur‟atlari odatda mintaqaviy iqlim sharoitiga, saqlanadigan mahsulotning xususiyatlariga, 
berilayotgan 
havoni 
taqsimlash 
tizimiga 
bog‟liqdir. 
Ob-havo 
sharoitlari 
mamlakatning 
o‟rta 
mintaqasidagi tahlilga ko‟ra, sentyabr-oktyabr oylarida mahsulotni sovitish uchun tashqi havoning o‟zi 
ham kifoya qiladi. Unda o‟rtacha minimal tashqi harorat 5,8 va 0°S atrofida bo‟lganida, sovitish 


32 
samaradorligi oshadi. Yeng shimoliy xududlarda esa sovitish uchun qulay sharoit yana ham barvaqtroq 
boshlanadi. 
Bizning sharoitda havoni sun‟iy ravishda sovitadigan stasionar qurilma o‟rnatilgan faol ventilyasiyali 
omborxonadan foydalanish mumkin. Shuning uchun ham faol ventilyasiyali omborxona qurib olgan 
xo‟jaliklarda yuborilayotgan havo sun‟iy ravishda sovitilmasa, mahsulotni saqlash uchun muqobil sharoit 
yaratish ancha qiyinlashadi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish