|
1-амалий машғулотBog'liq birlamchi ishlov berish saqlash va quritish Jihoz va materiallar:
adabiyotlar, kalkulyator, qalam, doimiy va vaqtinchalik ombor sxemalari,
tabiiy kamayishi keltirilgan jadvallar
Nazorat savollari;
1. Mevalarni doyimiy omborlarga joylashtirish usullari va saqlash rjimlari qanday?
2. Sabzavodlarni doyimiy omborlarga joylashtirish usullari va saqlash rjimlari qanday?
3. Saqlashga qo‟yiladigan idishlarni qanday turlarini bilasiz?
4. Uyum va handak turlari va ularni maydonini hisoblash.
14- amaliy mashg‟ulot.
YOZGI VA QISHKI MYEVA-SABZAVOTLARNI SAQLASH USULLARINI O‟RGANISH
Darsning maqsadi.
Yozgi va qishki meva-sabzavotlarni saqlash usullarini o‟rganish va saqlash
rejimlarini tuzishni talabalarga o‟rgatish.
Tayorlash tartibi;
Moskva qishloq xo‟jalik akademiyasining professori Ya. Ya. Nikitinskiy
qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlashning biologik asoslariga tayanib, saqlash usullarini bioz, anabioz,
senoanabioz va abioz kabi toifalarga bo‟ladi. Ushbu sistema fanda qabul qilingan bo‟lib, saqlashning
barcha turlarini o‟z ichiga oladi.
Bioz.
Mahsulotlar bioz usulida tirik holda saqlanadi. Ushbu usulda
saqlashning asosi tirik organizmlarning tabiiy immunitet xossalari hisoblanadi. Bioz usuli eubioz va
gemibioz turlariga ajratiladi.
Tirik organizmlarni foydalanishgacha saqlash
eubioz
turiga kiradi, Uy hayvonlari, qushlar, baliqlar
va boshqa tirik organizmlar foydalangunga qadar tirik holda eubioz usulida saqlanadi. Ushbu usul xalqni
go‟sht va go‟sht mahsulotlari bilan ta‟minlashda katta ahamiyatga ega.
Mahsulotlarni qisman bioz usulida saqlash
gemibioz
(«gemi» so‟zi grekcha bo‟lib yarim degan
ma‟noni beradi) usuli deb yuritiladi. Mahsulotlarni gemibioz usulida saqlaganda ularning tabiiy saqlanish
xususiyatiga asoslaniladi. Mahsulotlar ma‟lum muddatgacha barra holida bo‟lishi mumkin. Bunda har bir
mahsulotning o‟ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Mahsulotlarning tirik holida saqlanish
muddati turlicha bo‟ladi. Masalan, kartoshka ayrim sabzavotlarga qaraganda ko‟proq, qovunning esa
uzoq, saqlashga mos navlari boshqa navlarga nisbatan uzoq saqlanadi.
Mahsulotlarni uzoq vaqt barra holida saqlash uchun havoning harorati va namligini boshqarish
lozim. Aks holda mahsulotlar tezda buzilib, sifati pasayadi.
|
| |