• 15-amaliy mashg‟ulot. SABZAVOT VA KARTOSHKANI DOIMIY VA VAQTINCHALIK OMBORLARDA SAQLASH Darsning maqsadi.
  • 1-амалий машғулот




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/86
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,24 Mb.
    #262670
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
    Bog'liq
    birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

    Jihoz 
    va materiallar:
    adabiyotlar, kalkulyator, qalam, mevalarning pishganlik darajasini 
    aniqlovchi va kimyoviy tarkibini aniqlovchi asbob, doimiy ombor sxemalari,
     
    tabiiy kamayishi keltirilgan 
    jadvallar 
     
    Nazorat savollari;
    1. Yozgi meva navlarini saqlash usullari va rejimlari qanday ? 
    2. Qishki meva navlarini saqlash usullari va rejimlari qanday ? 
    3. Saqlashda dudlashning axamiyati qanday tasir ko‟rsatadi ? 
    4. Saqlashda anabiozning o‟rni.
    5. Senabiozning saqlashdagi o‟rni.
    6. Sqalashda abiozning ahamiyati qnday ?
    15-amaliy mashg‟ulot. 
    SABZAVOT VA KARTOSHKANI DOIMIY VA VAQTINCHALIK 
    OMBORLARDA SAQLASH 
    Darsning maqsadi. 
    Doimiy va vaqtinchalik omborlarda kartoshka va sabzavotlarni saqlashni 
    o‟rgatish. 
    Ishning borishi
    ; Kartoshka
     
    hosili qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, em-xashak va texnik xom ashyo 
    xisoblanadi. Uning tarkibida
     
    75-80 %
     
    suv, 14-24% kraxmal, 2% cha oqsil, shuningdek V
    1
    , V
    2
    . S 
    vitaminlari va
     
    A provitamini (karotin),
     
    po‟stida esa zaxarli solanin bor
    .
    Kartoshka boshqa ko‟pgina sabzavotlarga qaraganda saqlashga chidamli mahsulot hisoblanadi. 
    Garchand shunday bo‟lsada, uni saqlashda ko‟p nobudgarchilikka yo‟l qo‟yiladi. 
    Kartoshkaning tuzilishi va uning tarkibi tabiiy himoya xususiyatini belgilaydi.
     
    Kartoshkaning 
    qoplagich to‟qimalari va periderma juda zich joylashgan hujayralardan iborat
     
    bo‟lganligi uchun uni 
    mexanik kasallik va zararkunandalardan zararlaniishdan saqlaydi.
     
    Qoplagich to‟qimalarida suberin 
    moddasining 
    borligi 
    ham 
    kartoshkaning 
    saqlanuvchanligini 
    oshiradi. 
    Kartoshkaning 
    shikastlangan 


    39 
    joylarida qoplagich to‟qimalarining tiklanish xususiyati uning saqlashga chidamliligini yanada oshiradi. 
    Shikastlangan joyda uberin moddasi bilan birga himoya vazifasini bajaruvchi bir qator moddalar 
    (polifenol, gormonlar, fitoaleksin, askorbin kislotasi va boshqalar) hosil bo‟ladi. Shunday qilib
    fitopatogen mikroorganizmlarga mexanik va ximik to‟siqlar paydo bo‟ladi. Shikastlangan
     
    joyning bitishi 
    uchun havoning qulay harorati 18-20°S, namligi 90-95% va havo almashinuvi sekundiga 2-4 metr 
    hisoblanadi. 
    Kartoshkani saqlash sharoitini belgilashda nav, saqlash davridagi fiziologik holatiga va xo‟jalikda 
    foydalanishi inobatga olinadi. Oziq-ovqat maqsadida foydalaniladigan kartoshkani saqlashda quyidagi 
    davrlar belgilanadi: hosilni yig‟ib olingandan keyingi davolash-etilishi, chuqur va majburiy qismlarni o‟z 
    ichiga olgan asosiy davr va bahorgi unish davriga bo‟linadi. 
    Davolash-etilish davri etilishi va mexanik shikastlarni bitishiga qarab bir necha kundan 2-3 
    xaftagacha davom etadi. Davolanish - etilish davrida bu jarayonlarni o‟tishi uchun sharoit yaratish kerak. 
    Bunda harorat Q15 Q20
    0
    va havoning nisbiy namligi 85-95 foizligi ma‟qul. Davrning oxirida harorat 
    Q10
    0
    gacha tushirilib, mevalarni sovutishga o‟tiladi. Davolash davridan so‟ng harorat taxminan Q2 Q4
    0

    navga qarab belgilanadi, chunki xuddi shu sharoitda mevalarda moddalar almashinishi balans holga kelib, 
    sekinlashishi kuzatiladi. 
    Kartoshka sovutish, ya‟ni davolanish davridan asosiyga tezda o‟tkaziladi va mevalarni uzoq 
    saqlashga, unmaslikka, hamda mikrobiologik buzilishni oldini olishga erishiladi. Odatda, tabiiy 
    shamollatilatiladigan omborlarda bu 40-60 kun, faol shamollatilatiladigan omborlarda esa 20-30 kun 
    davom etadi, ya‟ni harorat bir kecha-kunduzda 0,5-1
    0
    ga pasaytirilib boriladi. Asosiy saqlash davrida 
    havoning nisbiy namligi 90-95 foiz bo‟lishi kerak. 
    Bahorgi davr ma‟suliyatli hisoblanadi, chunki fevralning oxiri martning boshlarida mevalarda 
    kurtaklar o‟sa boshlaydi. Kurtaklarni o‟sishini to‟xtatish uchun bu davrda asosiy davrga nisbatan 1-3

    pasaytiriladi. Shunday qilib, mevalardagi kurtaklarni o‟stirmasdan aprelning oxiri mayning boshlarigacha 
    saqlashga erishish mumkin. Yana ham uzoq muddatga kartoshkani saqlash uchun sovutgichlarda, o‟sishni 
    to‟xtatadigan kimyoviy preparatlardan va radioaktiv nurlanishdan foydalanish mumkin. Kartoshkani 
    saqlashda tugunaklarning unishini to‟xtatib turadigan kimyoviy preparatlardan ham foydalanish

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish