40
yaxshi saqlanmaydi. Barglardan tozalangan sabzilar o‟lchamiga qarab saralanadi va ayni vaqtda qishda
saqlashga yaroqsiz, ya‟ni
etilmagan, yorilgan, shikastlangan sabzilar ajratib olinadi.
Sabzi tez buziladigan mahsulot bo‟lganligidan uni faol shamollatiladigan omborlarda saqlash yaxshi
natija beradi (2-rasm).
Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli istiqbolli usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida
qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo‟ladi va kerakli
miqdorda karbonat angidrid
(3-5%) to‟planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va
vitaminlarning yo‟qotilishi ancha kamayadi.