1-амалий машғулот




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/86
Sana11.06.2024
Hajmi1,24 Mb.
#262670
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86
Bog'liq
birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Senoanabioz. 
Mahsulotlarning mikroflorasini boshqarib ya‟ni foydali mikroblar sonini sun‟iy 
usulda 
ko‟paytirib, 
zararli 
mikroblarning 
ta‟sirini 
susaytirish 
mumkin. 
Amalda 
foydali 
mikroorganizmlardan sut kislotasi bakteriyalari va achitqilardan keng foydalaniladi. Sut kislotasi 
bakteriyalari mahsulotda 1-2% li sut kislotasini, achitqilar esa 10-14% gacha etil spirtini hosil qiladi. 
Ko‟pincha zararli mikroorganizmlar ushbu moddalar ta‟sirida rivojlanmaydi. 
Sut kislotasi bakteriyalari ishtirokida mahsulotlarni saqlash asidosenoanabioz deb yuritiladi. Ushbu 
usul sut mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda, meva va sabzavotlarni tuzlashda, em-xashakdan silos 
tayyorlashda keng qo‟llaniladi. 


38 
Vino tayyorlash alkogolesenoanabiozga, ya‟ni uzum va meva sharbatlarini bijg‟itish yordamida 
spirt hosil qilishga asoslangan. 
Abioz. 
Mahsulotlarni saqlashning ushbu usulida tirik organizmlar ishtirok etmasligi lozim. 
Termosterilizasiyada mahsulotlarga yuqori haroratda ishlov beriladi. Bu usul mikroorganizmlarning 
iqori haroratda (100°S va undan yuqori) nobud bo‟lishiga asoslangan va xalq xo‟jaligida juda keng joriy 
qilingan. Ko‟pgina meva-sabzavot konserva zavodlari shu usulda ishlaydi. Xozirgi vaqtda sterilizasiya 
yuqori va ultrachastotali tok yordamida ham amalga oshiriladi. 
Termosterilizasiya 65-85°S larda ham amalga oshiriladi va bu usul amalda pasterizasiya deb 
yuritiladi. 
Ximsterilizasiyada mahsulotlarni kimyoviy moddalar bilan konserva qilinadi. Amalda meva va 
uzumni qayta ishlashda natriy-benzoy tuzidan, sulfat kislotasidan, sulfat angidrididan foydalaniladi. 
Ushbu moddalar ma‟lum darajada antiseptik xususiyatga ega bo‟lib, ayrim mikroorganizmlarning 
rivojlanish jarayonini to‟xtatib qo‟yadi. Bundan tashqari, meva va rezavor mevalarni konserva qilishda 
sorbin kislotasidan, don mahsulotlarini saqlashda natriy pirosulfat va pronion kislotasi preparatlaridan 
foydalaniladi. 
Kimyoviy sterilizasiya donni va omborlarni dezinfeksiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. 
Yog‟och tutuni ham muhim antiseptik bo‟lib, bakterisid xususiyatiga ega. Go‟sht va baliq go‟shti 
mahsulotlarini tutunda ishlash amalda dudlash deb yuritiladi. Bu mahsulotlarga nitrat va nitritlar bilan 
ishlov berib ham saqlanuvchanligini oshirish mumkin. 
Mexanik sterilizasiyada mahsulot sifatini buzuvchi mikroorganizmlar filtrlab yoki sentrifuga 
yordamida mahsulotdan chiqarib yuboriladi. Meva va uzum sharbatlarini filtrlash ham ma‟lum darajada 
uni mikroblardan tozalaydi. 
Ultrabinafsha, 
infraqizil, 
rentgen 
nurlar 
va 
ionlashgan 
nurlar 
ham 
mahsulotlardagi 
mikroorganizmlarga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Nurlar yordamida mahsulotni sterilizasiya qilish nur 
sterilizasiyasi (fotosterilizasiya) deb yuritiladi. 
Mahsulotni nur yordamida sterilizasiya qilishda nurning miqdori va sterilizasiya muddati aniq 
bo‟lishi lozim, aks holda mahsulotda begona hid paydo bo‟ladi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish