36
Sholg‟om saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80 sm, lavlagi va turplar uchun esa sig‟imi
kattaroq: eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi
Meva-sabzavotlarni doimiy va vaqtinchalik omborlarga joylashtirishda
maxsus mexanizm va
mashinalardan foydalaniladi.
Karam handaq yoki uyumda ham saqlanadi. Karam saqlanadigan handaqning chuqurligi 40-50 sm,
eni esa 60-70 sm bo‟ladi. Unga tozalangan karam 2-3 qator qilib teriladi va har qatori ustidan nam tuproq
tashlanadi. Qandaqning usti 30-40 sm tuproq bilan berkitiladi. Karamni chuqurligi 20 sm, eni 150-200 sm
li uyumda ham saqlash mumkii.
Karam qator terilib, har qator orasiga nam tuproq tashlanib, 80-100 sm
gacha ko‟tariladi va uning ustiga 30-40 sm tuproq tashlanadi. Bunday xandaqlarda
karam xatto oddiy
ombordagidan ko‟ra yaxshiroq saqlanadi