35
13-amaliy mashg‟ulot:
MEVA-SABZAVOT VA KARTOSHKANI DOIMIY OMBORLARGA JOYLASHTIRISH
USULLARI
Darsning maqsadi:
talabalarni meva, kartoshka
va sabzavotlarni miqdori, saqlash davomiyligi va
saqlanish usuliga ko‟ra doimiy va vaqtinchalik omborlarga joylashtirish tartibi bilan tanishtirish.
Tayorlash tartibi:
Doimiy omborlarda meva-sabzavotlarni joylashtirish tartibi.
Sabzavot va
mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to‟kma holda, konteynerlarda, yog‟och
yashiklarda yoki
qoplarda saqlanadi.
Mevalarni idishlarga va omborlarga joylash usullari
Karamni oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo‟yiga qarab taxlanadi. Tokchaning kengligi 1 m,
balandligi esa 0,6-0,8 m bo‟lib, 3-5 qavat karam boshlari joylanadi. Lavlagi, turp, sholg‟om
kichik
xirmon-larda (kengligi 3-4 m, uzunligi binoning kengligiga qarab) saqlanadi. Lavlagining xir-mondagi
qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg‟om uchun 1 metrgacha bo‟ladi.
Piyoz maxsus to‟rli qoplarga
joylangan holda taxlanib, yoki maxsus 4 qavatli stellajlarda to‟kma
holda saqlanadi. Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ularni shamollatib
turish va saqlanish
holatini nazorat qilish juda qulaydi (3-rasm).