• Vaqtinchalik omborlarda kartoshka saqlash.
  • 1-амалий машғулот




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/86
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,24 Mb.
    #262670
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
    Bog'liq
    birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

    So‟kchaklarga joylash. 
    Karam, piyoz va boshqa sabzavotlarni yoyib joylash va shu tariqa ombor ichida 
    etarlicha xavo almashib turishini hamda tabiiy ventilyasiya vositasida sovishini ta‟minlash maqsadida 
    so‟kchaklar quriladi. Ularning oralig‟idan. 0,7-0,8 m kenglikda yo‟lak qoldiriladi. So‟kchak yuzasining 
    kengligi 1 m bo‟ladi. Mahsulotning turiga qarab, so‟kchaklar orasi 0,8-1 m bo‟lishi ham mumkin. O‟z-o‟zidan 
    ma‟lumki, bunday sharoitda maxsulot tushiradigan va yuklaydigan yuqori unumli mexanizmlardan foydalanib 
    bo‟lmaydi. 
    So‟kchaklarga 
    joylash ishlari qo‟lda bajarishga mo‟ljallangan bo‟lib, faqat kichik hajmli 
    omborxonalarda, hamda ishchi kuchi etarli xo‟jaliklarda qo‟llaniladi. Bundan tashqari, so‟kchaklarga 
    joylashtirilganda omborxonaning umumiy foydalaniladigan hajmi 25-30 foizdan oshmaydi. Shu sababdan 
    mahsulotning bu xildagi saqlash usuli hozir keng tarqalgan. 
    Vaqtinchalik omborlarda kartoshka saqlash.
    O‟rta Osiyoda etishtirilgan kartoshkaning asosiy 
    qismi o‟ra va handaqlarda, qisman esa uyumlab burtlarda saqlanadi. Saqlashning bu usullari juda arzon
    kam xarajat bo‟lishi bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega. Jumladan, havo harorati, namligi hamda 
    saqlanadigan kartoshkani muntazam nazorat qilib bo‟lmaydi. Natijada ko‟pgina kartoshka chirib nobud 
    bo‟ladi. 
    Kartoshkani
     
    qo‟lda yoki ekskavator yordamida qazilgan eni 2 m, chuqurligi 0,6 m o‟lchamli 
    xandaqlarda saqlash mumkin. Qandaqning o‟rtasidan havo almashinishi uchun 30x30 sm ko‟ndalang 
    ariqcha qilinib, unga panjara qo‟yiladi. Qar 5 m da esa quvurlar o‟rnatiladi.
    Kartoshkani eni 0,6-0,7 m, chuqurligi 0,7-0,8 m, uzunligi ixtiyoriy bo‟lgan o‟ra qazib ham saqlash 
    mumkin. Bunda har 3-4 oralatib erdan uvatlar qoldiriladi. Qandaq va o‟ralar
    MTZ-5traktoriga tirkalgan Ye-153 markali ekskavator 
    yordamida qaziladi. O‟ra va handaqlarga kartoshka 
    ertalab joylangani ma‟qul, chunki kartoshka kechasi 
    ancha sovigan bo‟ladi. Kartoshka joylangandan so‟ng 
    usti 30-35 sm qalinlikda ikki muddatda bajariladi: 
    dastlab kuzda 10-25 sm qalinlikda tuproq tortiladi; 
    sovuq tushishi oldidan esa uni 30-35 sm ga etkaziladi. 
    Kartoshka ustki tomoni 3×3 - 6×6 m va undan kattaroq 
    bo‟lgan uyumlarda ham saqlanadi. Uyumlarga tabiiy 
    shamollatib 
    turish 
    uchun 
    yog‟ochdan 
    havo 
    o‟tib 
    turadigan novlar o‟rnatiladi. Kartoshka 1,2-1,3 m 
    qalinlikda joylashtiriladi (3-rasm).

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish