33
Quti joylangan konteyner va tagliklarni tashish uchun ko‟pincha akkumulyatorli elektr yuklagichlar
qo‟llaniladi. Yelektr yuklagichlar erkin harakat qiladi va qo‟l mehnatisiz omborxonani jadal sur‟atlar
bilan mahsulotga to‟ldiradi.
Tabiiy ravishda shamollatiladigan omborlarda kartoshka va ildizmevalarni xirmonlab (uyumlab)
joylash usulidan ko‟p foydalaniladi. Bunday uyumlarning kattaligi 3×3-6×6 m va undan kattaroq bo‟lib,
hajmi 10-30 tonnaga boradi. U qadar baland bo‟lmagan omborlarda esa 1,8-2 m qalinlikdagi uyum
omborning 40-45 foizi hajmidan to‟liq foydalanish imkonini beradi.
Sabzavotlar
xirmonga
quyidagicha
tushiriladi.
Savat,
qop,
qutilarga
joylangan
maxsulotli
avtomashina omborxona yo‟lagiga, ya‟ni bevosita omborxonaga kiritiladi.
Avtomashinadagi mahsulot
uyumga to‟kiladi. Shu bilan birga bu usulda aravachalar, taxta tarnovlar, tushirgichlar, qo‟shma
transportyorlar ham ishlatiladi. Avtomashina kirmaydigan omborlarda esa mahsulot yon devorlarga
o‟rnatilgan tuynuk va tarnovlar orqali tushiriladi. Kartoshka va ildizmevalarning tushish tezligini
kamaytirish uchun brezentli to‟siqlar va englar qo‟llaniladi.