43
13-jadval
O‟zbekiston sharoitida kartoshkani handaq va o‟rada saqlash vaqtidagi harorat
(A.G. Martinenko ma‟lumoti, 1970 yil)
Saqlash usuli
Noyabr
Dekabr
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
Qandaqda
9,5
3,5
3,1
4,9
6,7
9,5
O‟rada
12,5
8,7
3,7
3,1
9,4
-
Sabzini saqlash.
Sabzini kichikroq xandaqda saqlash keng tarqalgan. Qandaqlarning o‟lchami eni
40-45 sm, chuqurligi 60-70 sm va uzunligi 2,5-3,0 m bo‟lishi lozim. Xandaqlarda sabzi qumga ko‟miladi.
Keyin usti qamish bilai yopiladi, qamish ustiga tuiroq tashlanadi. Qandaq
kavlash uchun sizot suvlari
chuqur joylashgan tepalik joylar tanlanadi.
Odatda O‟zbekistonning shimoliy rayonlarida handaq nishabi oftob tushadigan tomonga,
janubiy
rayonlarda esa shimoliy tomonga qilinishi lozim. Sabzini sun‟iy sovitiladigan omborlarda ham saqlash
mumkin. Bunda mahsulot sig‟imi 30-50 kg li konteynerlardan yoki MARTU-0118-64
polietilen
qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni
konteynerlarda saqlash yuklash va bo‟shatish ishlarini mexanizasiyalashga imkon beradi.
Ildizmevali sabzavotlarni saqlash.
Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0°
dan 2°S gacha, havoning nisbiy namligi 85 - 95% bo‟lgan sharoitda saqlanadi.
Sholg‟om saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80sm, lavlagi va turplar uchun esa sig‟imi
kattaroq: eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi (5-rasm).
Ildizmevalar
handaqlarda
aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi.