45
sharti hisoblanadi. Mevalarni daraxtdan uzgandan keyin xolodilnikka joylanguncha qanchalik ko‟p vaqt
o‟tsa, ular shunchalik kam muddat saqlanadi, buzilib ko‟plab chiqitga chiqadi, mevalar ta‟mi tez
yo‟qoladi.
Mevalar 18-20
haroratda bir kun tutilsa, ularning saqlash muddati 10-15 kunga qisqaradi. Mevalarni
saqlash uchun eng qulay harorat rejimi –0,9
0
dan Q2
0
gacha hisoblanadi.
Saqlanadigan har qaysi meva uyumiga pasport yopishtiriladi. Unda mevalarning turi, navi, qabul
qilingan vaqti, vazni, sifati va uzilgan muddati ko‟rsatiladi.
Meva saqlanadigan bino foydalanish oldidan yaxshilab tayyorlangan, ya‟ni turli chiqit va
qoldiqlardan tozalangan, shamollatilgan, dezinfeksiyalangan va oltingugurt bilan dudlangan bo‟lishi
kerak. Pol, devor va shipga temir ko‟porosining 5
foizli eritmasi purkaladi, binoga ventilyasiya,
termometr, psixrometr o‟rnatilishi lozim. Shuningdek tarozi, elektr lampa, meva saqlanadigan zarur
idishlar tayyor qilib qo‟yilishi kerak. Meva saqlanadigan joyga quyosh nuri, umuman yorug‟liq
tushmasligi kerak.
Mahsulotlarni kemiruvchilardan saqlash uchun zarur tadbirlar olib boriladi.
Mevalarni saqlashga qo‟yish oldidan bino ichiga oltingugurt tutatish zarur.
Oltingugurt yoqib tugatgach, bir ikki kundan keyin bino yaxshilab shamollatiladi.
Bunda binoning
har 1m
3
50-60 gramm oltingugurt safrlanadi.
Saqlash davomida har 10-15 kunda meva va uzum ko‟zdan kechirilib, chiriganlari olib tashlanib,
kirim-chiqim daftariga qayd qilinadi.
Meva va uzum saqlanayotgan bino ichida harorat, havo namligi har kuni ikki marta kuzatiladi.
Qaroratni nazorat qilish uchun termometr har 100 m
2
maydonga ikkita: bittasi binoga kirishda poldan 0,5
m balandlikda, ikkinchisi esa binoning o‟rtasida poldan 1,5-1,6 m balandlikda o‟rnatiladi. Qavoning
nisbiy namligini aniqlash uchun har 100 m
2
maydonga poldan 1,5-1,6 m balandlikda gigrograf qo‟yiladi.
Yog‟in-sochin bo‟lib turganda meva saqlanayotgan binoni shamollatishga yo‟l qo‟yilmaydi. Qavo
almashtirish maqsadida bino ichini vaqti-vaqtida shamollatib turish lozim. Bahor va kuzda tashqarida
harorat va havoning nisbiy namligi o‟zgarib turganda meva saqlanayotgan
binoni shamollatishda juda
ehtiyotkorlik bilan ish tutish kerak. Agar tashqarida havo harorati bino ichidagiga nisbatan yuqori bo‟lsa,
tashqaridan kirayotgan havo bino harorati ta‟sirida sovib ulgurishi uchun sekinlik bilan oz-ozdan kiritish
kerak. Qishda tashqarida sovuq bo‟lib, binobarin, bino ichida ham havo sovish ehtimoli tug‟ilganda
romlarni sovuq o‟tkazmaydigan material bilan berkitish lozim.