|
Olma va boshqa urug‟li mevalarni saqlash tartibi va sharoitiBog'liq birlamchi ishlov berish saqlash va quritishOlma va boshqa urug‟li mevalarni saqlash tartibi va sharoiti
. Olma navlari saqlash sharoiti
o‟ziga xos bo‟lib ko‟pincha alohida nav yoki partiyalar uchun saqlash rejasi tavsiya etiladi. Olma
saqlashda 0Q0,5
0
S yaxshi harorat bo‟lishi mumkin. Ammo etilmagan navlar uchun bunday xaroratda
saqlanganida to‟liq pishmaydi. Ya‟ni etilish faolligini saqlab qoladi, rangi, ta‟mi va xushbo‟yligi yaxshi
bo‟lmaydi. Undan tashqari, ba‟zi navlar mevalari 0
0
S da uzoq saqlanishi natijasida to‟liq etilish
xususiyatini yo‟qotadi, oqibatda po‟sti va etida qorayishi ko‟payadi.
Aksincha, “Baykal”, “Oq rozmarin”, “Golden Delishes” navlari esa -1,5
0
S ortiqcha sovutishga
chidaydi va asta-sekin harorati ko‟tarilish bilan iste‟mol sifatlarini saqlanib qoladi. Olma mevalari
ortiqcha sovuq holatiga chidamli bo‟lib, bir maromda sovutishni ko‟taradi. Keskin sovutishda va yuqori
xaroratida shkastlanish samarasi oshadi.
Yirik sovitgich omborlarda saqlash haroratini kerakli darajada ushlab turish qiyin. Shu sababli
ularda harorat 1
0
S-1,5S pasayishi extimoli yuzaga kelib, mevalar nobud bo‟lishi mumkin. Sovutgichlarda
saqlanadigan mevalarni asta-sekin ilitish kerak.
Olma sqalashda havoning nisbiy namligi 90-95 foiz oralig‟ida ushlash tavsiya etiladi. Past namlikda
olma navlarining mevalari so‟liydi va burishib qoladi. Gaz muhitini tartibini boshqarish bilan saqlash
muddatini uzaytirish, isrofgarchilikni oldini olish va mevalar sifatini yuqori darajada saqlashga erishish
mumkin. Bunda mevalardagi fiziologik buzilishlar va mevalarni turli et qorayishlarning oldini olish
mumkin. Qar bir nav uchun mevalarning saqlanuvchanligini ta‟minlovchi eng yaxshi gaz tartibi va
harakati bo‟ladi. Faqat ba‟zi navlar SO
2
yuqori darajasi chidamli bo‟ladi. Chidamli navlarga SO
2
O
2
konsentrasiyasini 5:3 nisbati tavsiya etiladi. “Oq rozmarin” kabi navlar bir necha foiz SO
2
konsentrasiyasiga ham chidaydi. Ular uchun oz konsentrasiyali kislorod va deyarli ko‟mir isli gaz
bo‟lmagan muhit muqobil hisoblanadi
|
| |