1-амалий машғулот




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana11.06.2024
Hajmi1,24 Mb.
#262670
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Uzumni saqlash rejimi.
Uzumning xar xil navlari uchun o‟rtacha harorat 0,5
0
Sdan 1
0
gacha va 
havoning nisbiy namligi 85-90 % bo‟lib, maxsus binolarda ochiq va yopiq yashiklarda saqlanad 
Uzumni saqlash davrida har 2-3 hafta mobaynida oltingugurt gazi bilan dudlatiladi. Bunda 


46 
mikrobiologik jarayonlar vaqtincha to‟xtaydi. 
Saqlashda albatta uzum navi va harorat katta ahamiyatga ega bo‟ladi. 
Xo‟jalikda uzum quruq joyda osib saqlanadi. qishda saqlash uchun Nimrang, Pushti toyfi navlari 
yaxshi hisoblanadi. Sentyabrning oxiri oktyabrning boshlarida uzum boshlari yashiklarga joylanib
ehtiyotkorlik bilan saqlanadigan joyga keltiriladi. quruq, toza, yaxshi shamollatiladigan ombor binosi 
dezinfeksiya qilanadi, uzum boshlari osib qo‟yish uchun tokchalar o‟rnatiladi. Uzum yaxshilab tekshirilib 
chiqiladi, so‟ngra uzum boshlari kanop bilan tokchalarga osiladi. Shundan keyin deraza eshiklar yopiladi 
va bino oltingugurt bilan dudlantiriladi, bu ish har 10 kunda takrorlanadi. Bunday sharoitda uzum 
martning oxiri aprelning boshlarigacha saqlanadi. 
Omborxonada havoning ortiqcha namligini oldini olish uchun bino ichiga so‟ndirilmagan ohak yoki 
kalsiy xlorid solingan yashiklar qo‟yiladi. Bu usulda saqlashda g‟ujumlar birmuncha so‟liydi. Uzum 
novda bandlari bilan ham saqlanadi. Buning uchun uzum boshlari bir qism novda bilan kesib olinadi va 
suvli idishga solib qo‟yiladi. Novdaning pastki uchi suvda ekanligida tok qaychi bilan kesib, vaqti-vaqti 
bilan yangilab turiladi. Binoning ichi oltingugurt bilan dezinfeksiya qilinadi va doim shamollatib turiladi, 
bunda harorat 5-7
0
S va havoning nisbiy namligi 80-90 foizda saqlanadi.
Saqlash vaqtida uzum mevasi suv bug‟latadi, terlaydi va so‟lib qoladi. Bug‟lanish miqdori tur, navi 
va uzum boshining tuzilishiga hamda uning kimyoviy tarkibiga bog‟liq. Suvni saqlab turish qobiliyati 
past bo‟lgan mevalar tez so‟liydi. So‟ligan mevalar yomon saqlanadi va kasallanadi. 
Qarorat qancha yuqori, havo quruq va uning meva-sabzavot omboridagi harakati qanchalik tez 
bo‟lsa, bug‟lanish ham shunchalik yuqori bo‟ladi. Mayda g‟ujumlar og‟irlik birligida yirik mevalarga 
qaraganda katta yuzaga ega bo‟ladi, shuning uchun ular yiriklarga nisbatan suvni tez yo‟qotadi. 
Bug‟lanishning bir tekis borishi ombordagi havo harorati va nisbiy namligiga bog‟liq. Uzum tashish 
va saqlash vaqtida bug‟lanishi hisobiga va boshqa turli omillar ta‟sirida terlaydi. 
Bug‟lanishni to‟xtatish va uzumlarni yangiligicha saqlash uchun ombordagi namlikni oshirish va 
havo harakatini pasaytirish kerak. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish