44
hosilidan 2,43 mln. tonna etishtirishi kerak. Bundan tashqari qayta ishlash korxonalari uchun Respublika
xududidan tashqariga meva chiqarishni hisobga olganda, yiliga kamida 3 mln.
tonna meva-uzum
etishtirish va saqlash zarur.
Yangi uzilgan meva va uzum mahsuloti odam organizmi uchun nihoyatda zarur hisoblangan
moddalar-qand, kislota, vitamin, biologik aktiv va mineral moddalarga boy bo‟ladi. Shuning uchun ham
ular tarkibida qimmatli moddalarni saqlab qolgan holda iste‟molchilarni
butun yil davomida meva va
uzum bilan etarli miqdorda ta‟minlash g‟oyat katta ahamiyatga ega.
Mevalarni saqlashdan asosiy maqsad ularning qimmatli iste‟mol sifatlarini pasaytirmagan holda
uzoq muddat saqlash davomida mevalarning mo‟‟tadil hayot faoliyatini ta‟minlaydigan zarur sharoit
yaratib berishdir.
O‟z
vaqtida uzilmagan, mexanik yo‟l bilan yoki zararkunandalar tomonidan jaroxatlangan,
yashiklarga noto‟g‟ri joylangan mevalar saqlanganda ancha ko‟p chiqit chiqadi. Qatto biror narsaga
salgina urilish natijasida zahalangan mevalar ham vaqt o‟tishi bilan buzila boshlaydi.
Terib olish davrida mevalarni pishish darajasi
ularning kimyoviy tarkibi, ta‟mi sifati va saqlash
muddatiga ta‟sir qiladi. Mevalarning uchta: uzish, iste‟mol qilish va fiziologik (botanik) pishish darajasini
yaxshi farq qila bilish kerak. Meva uzish pishiqligiga etganda o‟sish jarayoni to‟xtaydi. Iste‟mol
pishiqligidagi mevalar navga xos xushbo‟y maza va rangga ega bo‟ladi va iste‟mol
qilish uchun
yaroqlidir. Xomroq mevalar saqlash davomida tez so‟liydi, burishadi, tovar sifatiga ega bo‟lmaydi,
kasalliklarga tez chalinadi. To‟la pishib etilgan mevalar esa iste‟mol uchun juda qulay bo‟lsa ham terib
olish
va tashishda salga zararlanib, uzoq muddat saqlashga yaramaydi.